
Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi ishchi guruhning navbatdagi sayyor qabuli Bekobod shahrida tashkil etildi.
Unda 300 nafardan ortiq Bekobod tuman va shahridan Bo‘ka, Oqqo‘rg‘on yana qator hududlardan kelganlar muammolari tinglandi. Murojaatlarning 40 tasi joyida bartaraf etildi. Qolganlariga qonun doirasida huquqiy tushunchalar berildi.
Asosan aholi maktabgacha ta’lim, tadbirkorlik, yo‘l qurilishi, elektr tarmoqlari, ishga joylashtirish va moddiy-ko‘mak kabi masalalar yuzasidan murojaat qildi.
– “Turon” mahallasida yashaymiz, deydi Muhabbat Xolmatova.– Yo‘llarimiz bunyod etilibdiki, asfalt ko‘rmagan. Boz ustiga shag‘allarini “yer yutgan”mi qishda loy, changda tuproqdan to‘ziydi. Ishonsangiz o‘tgan yili toyib ketib, qo‘lim sindi. Qariganda azobini tortyapman. Tez yordamni chaqirsak yo‘l yomonligidan shikoyat qilishadi. Viloyat hokimiga bor gapni aytdik. Chorasini topishga va’da berdi.
“Sayhun” mahallasida yashovchi Zilola Mirzaqulovani farzandi Qudrat Muxtorov bu yil 18 yoshga kirdi. Ayni vaqtda u suyak ko‘chirish jarrohlik amaliyotiga muxtoj. Unga 6 million so‘m pul ajartiladigan bo‘ldi. Yana bir fuqaro Zamira Shodiyeva “Simentchi” mahallasida istiqomat qiladi.
Turmush o‘rtog‘ining vafotidan keyin oilaviy sharoitida yetishmovchiliklar boshlangan. O‘zining ikki hamda vasiyligidagi 1 nafar bolaning moddiy ta’minotidan ortib uyini ta’mirlashga mablag‘ jamg‘ara olmayotgandi. Tutday to‘kilay deb turgan xonalarda yashash noqulay. Ayol mavjud sharoitini ochiqladi. Uning so‘zlari inobatga olinib, uy ta’miri uchun 7 million so‘m ajratish belgilandi.
Qabuldagi har bir masala bo‘yicha mutasaddilarga zarur topshiriqlar berildi. Amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar kelishib olindi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |