Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Murojaatlarning asosiy qismini ijtimoiy soha hamda sud-huquq masalalari tashkil etdi

Joriy yilning 25-iyul kuni Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi oʻrinbosari Sh.Choʻlliyev fuqarolar qabulini oʻtkazdi.

Senat devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boʻlimi tomonidan tashkil etilgan mazkur qabul jarayoniga 40 dan ortiq fuqarolar tashrif buyurib, oʻzlarini qiynayotgan muammolar boʻyicha murojaat qildi.

Qabul jarayonida 18 nafar fuqaroga murojaatlarda koʻtarilgan masalalar yechimi yuzasidan huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi. 22 nafar fuqaroning murojaatlari “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonun normalari asosida tegishli tartibda rasmiylashtirildi.

Murojaatlarning asosiy qismini ijtimoiy soha hamda sud-huquq masalalari tashkil etdi.

Senator tomonidan murojaatlarni toʻliq oʻrganib chiqish hamda natijalari boʻyicha qonuniy qaror qabul qilish yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralar, hududlardagi masʼul rahbarlarga tegishli koʻrsatmalar berildi.

26.07.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar