
Yurtimizning barcha goʻshalarida boʻlgani kabi poytaxtimizning Mirzo Ulugʻbek tumanida keng koʻlamli bunyodkorlik, qurilish-taʼmirlash, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari qizgʻin tus olgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi “Obod mahalla” dasturi toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida tumandagi toʻrtta mahalla “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan edi. Bu mahallalarda qurilish, obodonlik ishlari amalga oshirildi.
Avayxon mahallasida oʻtkazilgan tadbir “Obod mahalla” dasturining tumandagi yakuniga bagʻishlandi.
Yomgʻirli kun boʻlishiga qaramay, oʻz mahallasining obod va koʻrkam maskanga aylanganini koʻtarinki ruhda, quvonch bilan qabul qilayotgan yoshu qari bir joyda jam boʻldi.
Qisqa muddatda Avayxon mahallasidagi koʻp qavatli uylar atrofidagi noqonuniy qurilmalar tartibga keltirildi. Koʻp qavatli uylarning 80 kirish yoʻlagi taʼmirdan chiqarildi. Ichki yoʻllarga 8 ming kvadrat metr asfalt, koʻp qavatli uylar old qismidagi yoʻlaklarga 2470 kvadrat metr beton qoplamasi yotqizildi, kirish yoʻlaklaridagi romlar zamonaviysiga almashtirildi. 14 lift joriy taʼmirdan chiqarildi, 13 elektr taqsimlovchi shitlar yangilandi, 5 uyning yertoʻla qismidagi muhandislik tizimlarida mukammal taʼmirlash ishlari olib borildi. 8 yangi bolalar maydonchasi qurildi. Mahalladagi 105 temir garaj buzib tashlanib, ularning oʻrniga 4 ochiq turdagi yangi avtoturargohlar qurildi. Oltita koʻp qavatli uylarning fasad qismi yangi qiyofaga kirdi. Shuningdek, mahallaga 50 dan ziyod kuzatuv kamerasi oʻrnatildi.
Bundan tashqari, mahalla toʻyiga toʻyona sifatida 193-maktabgacha taʼlim muassasasining ochilishi bolajonlarga oʻzgacha sovgʻa boʻldi. Mahalla ahlining koʻp yillik orzusi Mirzo Ulugʻbek tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 8-sonli oilaviy poliklinikasining ochilishi bu yerda istiqomat qilayotgan barcha oilalarga birdek manzur boʻldi. Bir soʻz bilan aytganda, bularning barchasi aholining turmush farovonligini oshirishga oid gʻamxoʻrlikning yorqin namunasidir.
N.Usmonova, OʻzA
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |