
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Qurbon hayiti munosabati bilan kam ta’minlangan oila farzandalari, salomatligida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar hamda faxriy o‘qituvchilar holidan habar olish va ularni bayram bilan tabriklash aksiyasi tashkil etildi.
Ushbu aksiya davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasida xalq ta’limi sohasida ko‘p yillar davomida mehnat qilib kelgan o‘qituvchilar ro‘yxati shakllantirildi. Ro‘yxat asosida o‘qituvchi va o‘quvchilar holidan xabar olindi.
Jumladan, Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Vahobjon Rajapov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Ahmed Narimbetov Nukus shahridagi 25-sonli umumta’lim maktabida tahsil olayotgan kam ta’minlangan oila farzandi hamda sog‘lig‘ida nuqsoni bor yakka tartibda ta’lim olayotgan o‘quvchiga badiiy adabiyotlar to‘plami hamda sport anjomlari ulashdi.
Ko‘p yillik samarali mehnati uchun o‘qituvchi O. Kamalovga Qurbon hayiti munosabati bilan Xalq ta’limi vazirligi rahbariyati nomidan esdalik sovg‘alari berildi.
Shuningdek, 173 nafar faxriy o‘qituvchi holidan xabar olinib, ular ham rag‘batlantirildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |