
Mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda o‘zaro mehr-oqibat, hamjihatlik va xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yilida bu boradagi ishlar yangi bosqichga ko‘tarildi. Farg‘ona viloyatida Qurbon hayiti arafasida ezgu amallarning ko‘lami yanada kengayib, dillarga xushnudlik ulashmoqda. Oltiariq tumani hokimligi tomonidan “Inson qadri uchun” shiori ostida tumandagi ehtiyojmand oilalarning 21 nafar farzandiga sunnat to‘ylari o‘tkazib berildi.
To‘y bolalarning har biriga velosiped, shirinliklar, bosh-oyoq sarpo hamda bir qator sovg‘alar topshirildi. Tuman hokimi Shamsiddin Turdaliyev jajji kichkintoylar kelajakda Vatanimiz rivoji uchun xizmat qiladigan komil shaxs bo‘lib kamol topishlari, Vataniga sadoqatli, ziyoli insonlar bo‘lishiga ishonch bildirdi.
– Mustaqil diyorimizda har bir oila, har bir bola baxtli bo‘lishi uchun xalqchil islohotlar amalga oshirilmoqda, – deydi to‘y bolalarning ota-onalari. – Bizlarga hamisha g‘amxo‘rlik qilib kelayotgan davlatimiz rahbariga cheksiz minnatdorlik bildiramiz. Katta shodiyonalar bilan o‘tgan to‘y davrasiga taniqli xonandalar kuy va qo‘shiqlari bilan yanada fayz kiritdi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |