2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Qashqadaryodagi ommaviy qabullarda 793 ta masala ijobiy hal qilindi

Hozirda Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi mas’ullari, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, Bosh prokuratura va o‘ttizga yaqin vazirlik, qo‘mitalar mutasaddilaridan tarkib topgan Respublika ishchi guruhi Qashqadaryo viloyatida bo‘lib turibdi. Ular aholi bilan ommaviy muloqotlar olib bormoqda.

Qabullarda fuqarolarning muammo va murojaatlari yechimiga e’tibor berilyapti. Masalan, Kitob tumanidagi “Asl konserva” korxonasi yiliga 500 tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash quvvatiga ega. Korxona boshqaruvchisi Shohjahon Nazarov Bosh prokuratura mas’ullaridan xom ashyo sotib olish uchun kredit ajratishda amaliy yordam so‘radi. Murojaatdan so‘ng bu masala hududiy mutasaddilar bilan birga ko‘rib chiqilib, korxonaga 650 million so‘m mablag‘ ajratib beriladigan bo‘ldi. 

G‘uzor tumanidagi “Jonbuloq” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Faxriddin Xudoyberdiyev mahallasida davlat-xususiy sherikchilik asosida “Jonbuloq pahlavonlari” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti barpo qilayotgan tadbirkorga amaliy yordam berishni so‘ragan. Murojaatdan so‘ng mazkur nodavlat bolalar bog‘chasi barpo qilish uchun tadbirkorga 7 yilga ikki yillik imtiyozli davr bilan 2 milliard so‘mdan ziyod 5 foizli kredit ajratiladigan bo‘ldi.  

Muloqotlarda suv, yo‘l, gaz, kommunal sohalar bo‘yicha ham qator masalalarga yechim topilmoqda. Xususan, qarshilik Saodat To‘rayevaning Suv xo‘jaligi vazirligi mas’ullariga murojaati joyiga chiqib o‘rganilgach, tumanning “Arabxona-2” massividan o‘tgan yili “Ayollar” va “Yoshlar” daftarlaridagi 13 nafar kishiga dehqonchilik qilishi uchun ajratilgan jami 10 gektar yerni sug‘orish masalasi hal qilib berildi.  

Hududdagi Qo‘ng‘irtog‘ nasos stansiyasidan mazkur 10 gektar yerni sug‘orish uchun alohida limit va nazoratchi biriktirildi. Bu bilan 13 ta oilaning ekinlariga, nihollariga suv yetib bordi. 

Qarshi tumani “Chorgumbaz” mahallasida yashovchi Sharofat Sultonova esa “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati mas’ullaridan mahalladagi 35 ta xonadonni ichimlik suvi bilan ta’minlashda amaliy yordam so‘radi. Murojaat joyiga chiqib o‘rganilgach, mahallada 1,4 kilometr ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlari boshlab yuborildi. Suv xo‘jaligi vazirligi mas’ullariga murojaatlar asosida viloyatdagi 8 ta suv nasosi va agregatlari ishlatib berildi. 

Ko‘kdalalik Toshpo‘lat Boymirzayev tug‘ma yurak porogi bilan xastalangan qizi Marjonani davolatish uchun chora topolmay turgan paytda Respublika ishchi guruhining Chiroqchi tumaniga kelgani bu insonning ham qalbidagi umid uchqunlarini alangalatdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari qizchani davolanib, sog‘lom hayotga qaytarish uchun barcha chora-tadbirlarni ko‘rishi ma’lum qilindi. Shu kunning o‘zida Marjona Jo‘rayeva Respublika kardiologiya markaziga yotqizildi. 

Chiroqchi tumani Qumqishloq mahallasida yashovchi Maqsuda Abduxoliqovaning bugun ko‘nglida go‘yo quyosh balqidi. Gap shundaki, bu ayolning qizi Go‘zal Abduraimovaning ikkala buyragi ham ishlamay qolgan. Faqat gemodializ bilan hayoti saqlab turilibdi. Onaizor qizi sog‘ayib ketishi uchun o‘z buyragini berishga rozi, biroq buyrak ko‘chirish amaliyoti uchun mablag‘i yo‘q. Ayni shu masalada najot istab kelgan Maqsuda Abduxoliqova murojaatidan so‘ng jarrohlik amaliyoti xarajatlari davlatimiz tomonidan qoplab beriladigan bo‘ldi. 

Shu bilan birga, Oliy sud va Sudyalar oliy kengashi mas’ullariga murojaatlardan so‘ng jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan tashkil qilingan sud majlislarida qilmishiga pushaymon bo‘lib, aybidan to‘g‘ri xulosa chiqargan, o‘zini har tomonlama tuzatgan bir qator shaxslarga hayotini o‘nglab olishi uchun katta imkoniyat berildi. 

Xususan, jinoyat ishlari sudlarining jazoni ijro etish muassasalarida o‘tkazgan sayyor sud majlislarida mahkumlarning 9 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan bo‘lsa, 16 nafarining jazosi yengilrog‘iga almashtirilib, jami 25 nafar mahkum oilasi bag‘riga qaytarildi. 60 nafar mahkum esa umumiy tartibli koloniyadan manzil koloniyalariga o‘tkazildi. 

Bosh prokuratura mas’ullariga murojaatlardan so‘ng aliment va ish haqi undirishga oid 38 ta masala hal qilib berildi. 

Besh kun davomida tashkil qilingan ochiq-jonli muloqotlarda ko‘tarilgan 3 ming 176 ta masalaning 793 tasi ijobiy hal qilindi, 1 ming 34 nafar murojaatchiga huquqiy maslahat va tushuntirish berilgan bo‘lsa, 1 ming 349 ta masala bo‘yicha aniq muddat va mas’ullar belgilanib, nazoratga olindi. 

02.07.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar