2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Orolbo‘yi qishloq hududlarini rivojlantirish yo‘lida yana bir loyiha ishga tushiriladi

Shu munosabat bilan poytaxtimizda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, BMTTD va Islom taraqqiyot banki tomonidan Orolbo‘yi mintaqasidagi infratuzilmani rivojlantirish va asosiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilashga doir yangi qo‘shma loyihani ishga tushirish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Unda so‘z olgan iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari Adiz Boboyev, BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska va boshqalar ushbu loyihaning ahamiyatiga e’tibor qaratdi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari Adiz Boboyevning ta’kidlashicha, vazirlik BMTTD bilan hamkorlik kelishuviga erishdi. Bu asosan  Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasining 338 million dollarlik  loyihasi doirasida, ya’ni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy va Buxoro viloyatlarining qishloq joylarida  infratuzilmani rivojlantirishga qaratiladi. 2022 yildan joylarga chiqib, aholining yashash tarzi o‘rganilib, takliflari asosida manzilli dasturlar shakllantiriladi.

Mazkur loyiha BMTTD va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan hamkorlikda hamda Islom taraqqiyot bankining moliyaviy ko‘magida amalga oshiriladi. U Orolbo‘yi hududiga kiruvchi viloyatlarni qamrab oladi.

– BMTTDning ushbu loyihasi Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladigan O‘zbekistonning qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihasining bir qismidir, – dedi BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska. – Ushbu loyihani amalga oshirish uchun 5 million dollari miqdorida mablag‘ ajratildi. Yangi loyihaning maqsadi maqbul yashil va energiya tejamkor hamda raqamli yechimlardan foydalangan holda qishloq hududlarini rivojlantirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda mahalliy tashkilotlar va boshqa manfaatdor tomonlar imkoniyatini kengaytirishdan iborat. Xususan, loyiha maqsadli hamjamiyatlarning mahalliy aholi ehtiyojlari va talablarini aniqlash, shuningdek, chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha salohiyatini kuchaytirish rejalashtirilgan. Bu loyiha Orolbo‘yi aholisining turmush faoliyatini yaxshilash, qishloq aholisi uchun resurslar va xizmatlardan munosib foydalanishni ta’minlashga qaratilgan aniq yechimlarni amalga oshirish borasida hukumat, Islom taraqqiyot banki va BMTTD sa’y-harakatlarini birlashtirish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ladi.

Shuningdek, loyiha doirasida iqtisodiy, operatsion va ekologiyaga oid muhandislik loyihalari, raqamlashtirish, innovatsion IT-yechimlari kabi bir qator chora-tadbirlar ham amalga oshiriladi.

09.06.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar