2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Bekobod tumanidagi olis mahalla obod bo‘ldi

Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi "Yoshlik 2" mahallasida keng ko‘lamli qurilish, obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.

Shunday ezgu o‘zgarishlar munosabati bilan tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi. Unda Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev, viloyat va tuman faollari, nuroniylar, mahalla aholisi qatnashdi.

Ayni paytda "Yoshlik 2" mahallasida 599 ta xonadon bo‘lib, 3 ming 280 nafar fuqaro yashaydi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 aprel kuni mahallabay ishlash tizimi natijadorligini oshirish hamda aholi bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ishlarni quyi tizimda tashkil etib, mahallalarni iqtisodiy rivojlantirish, ijtimoiy muammolarni hal qilish chora-tadbirlari muhokama qilingan edi.

Ana shu topshiriqlar ijrosi bo‘yicha Toshkent viloyatining olis hududlarida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, bunyodkorlik ishlari yanada avj oldi. Jumladan, bugun Bekobod tumanidagi "Yoshlik 2" mahallasi ham shunday manzillardan biri. Shu paytgacha bu yerlik aholining ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik va oqova suvining tanqisligi kabi ko‘plab muammolari bor edi. bugungi kunda mahalliy byudjetning orttirilgan mablag‘i hisobidan hudud aholisi to‘liq ichimlik suv bilan ta’minlandi. 

Oqar  suv tarmog‘i ham sozlandi. 80 dan ortiq beton sim yog‘ochlari yangisiga almashtirildi. 2 ta transformator punkti qurildi. Mahallaga olib kiruvchi 4 kilometr asosiy hamda 5,5 kilometr ichki yo‘llar joriy ta’mirlandi. Hududda tadbirkorlik tashabbusi va bank krediti mablag‘lari hisobiga sartaroshxona, tegirmon, go‘sht do‘koni, avtoxizmat, veterinariya do‘koni, shuningdek, mahalla guzari, go‘zallik saloni, oziq-ovqat do‘konlari, bolalar o‘yingohi, work-out maydonchasi, stadion, salomatlik yo‘lagi barpo etildi va bu boradagi ishlar jadal davom etmoqda.

Shuningdek, viloyat byudjet mablag‘lari hisobidan 1 milliard so‘m yo‘naltirilib, 150 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasi qurilib, foydalanishga topshirildi. 12 ta oilaga 400 million so‘mlik kredit mablag‘i hisobiga qoramol tarqatildi. Yana shuncha oilaga 300 million so‘mlik kredit mablag‘i hisobiga ixcham issiqxonalar qurib berildi. Hudud atrofini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, daraxtlarni oqlash, shakl berish, ariq va zovurlarni tozalash ishlari ham olib borildi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur ishlar uchun jami 4,158 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi.

Tadbir davomida mehmonlar mahalladagi 500 o‘rinli 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati bilan tanishdi. Bu maktab “Tashabbusli byudjet” orqali 450 million so‘m hisobidan qayta ta’mirlandi. Bu yerdagi zamonaviy kutubxona, sport zali va monomarkazdagi to‘garaklar faoliyati ko‘zdan kechirildi. Yoshlar bilan samimiy suhbat qilindi. 

Bu yerda faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotida jajji bolajonlar uchun hozirlangan sharoit o‘rganildi. Shundan so‘ng Zoyir Mirzayev boshchiligidagi hudud faollari, nuroniylar mahalladagi Erkin Dushayev xonadonida mehmon bo‘ldi. Uy bekasi mehmonlarga hozirgina tandirdan uzilgan non ulashdi. Hovlidagi so‘rida samimiy suhbat bo‘ldi. She’rxonlik,  hazil-mutoyiba qizidi.

Mahalla guzarida tashkil etilgan mo‘’jaz xiyobonda so‘z olgan viloyat rahbari mahalla ahlini bugungi obodlik bilan tabrikladi.

Bekobodlik folklor dastalari, maydon tomoshalari ustalari, san’at ustalarining jonli ijrodagi qo‘shiqlari barchaga xush kayfiyat ulashdi.

03.06.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar