
Samarqand viloyati Urgut tumanida Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Oybek Saidov hamda tuman yoshlarining uchrashuvi o‘tkazildi.
Yoshlar oyligi doirasida tashkil etilgan tadbirda dastlab qo‘mondon Qurolli Kuchlarimiz tashkil topishining huquqiy asoslari, tuzilishi va tarkibi, armiyani shakllantirishda bosib o‘tilgan mashaqqatli yo‘l haqida gapirib berdi.
Shuningdek, milliy armiyamizdagi islohotlar, mamlakatimiz mudofaa salohiyati, harbiy xizmatchilarning Xalqaro armiya o‘yinlarida erishgan natijalari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Urgutlik yoshlar harbiy bo‘lish va buning o‘ziga xos talablari, qo‘mondonning hayot yo‘li va faoliyati bilan qiziqdi. Bu boradagi ko‘plab savollarga O.Saidovdan javoblar oldi. Tadbir yakunida qo‘mondon bir guruh yoshlarga badiiy adabiyotlar to‘plami, sport anjomlari hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Samarqand garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan namoyish etilgan harbiy-texnika va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi hamda harbiy orkestr jamoasi tomonidan namoyish etilgan konsert dasturi yoshlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |