2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Toshkent shahridagi kam ta’minlangan oilalarga yangi uylar topshirildi

“Obod mahalla” dasturi doirasida Toshkent shahrida davlat rahbari topshirig‘i asosida tuzilgan Respublika ishchi guruhi tomonidan sektorlar miqyosida mahallalardagi muammo va kamchiliklar, fuqarolarni qiynab kelayotgan og‘ir masalalar o‘rganilib, ular bartaraf etilmoqda. Jumladan, poytaxtning Olmazor tumani “Ibrohim ota” MFYda kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 48 ta xonadon qurib foydalanishga topshirildi.

“Obod mahalla” dasturi asosida “Ibrohim ota” MFYning Chuqursoy ko‘chasida kam ta’minlangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 2 qavatli 7 ta, jami 102 ta xonadondan iborat uylar qurilishi rejalashtirilgan edi. Joriy yilning avgust oyida 30 xonadonni qamrab olgan 2 ta uy o‘z egalariga topshirilgan bo‘lsa, kuni kecha yana 48 xonadonga uy egalari ko‘chib kirdi.

 

1956 yilda tug‘ilgan Shoira Saidova 2-guruh nogironi. U shu kungacha 1 sotixdan iborat 2 xonali hovlida nogironligi bo‘lgan qizi Shohista Hakimova hamda yana 5 jon bilan birga istiqomat qilib kelar edi. Uning ham Prezident Xalq qabulxonasiga murojaati inobatga olinib, onaxonga to‘liq jihozlangan xonadon berildi.

Sarson-sargardonlik, uyma-uy ko‘chib yurish mashaqqati nima ekanini Fotima Mirzaeva va uning turmush o‘rtog‘i Mirjalol G‘ulomov o‘z boshidan o‘tkazdi. Ota-onasi, biror-bir yaqini bo‘lmagan Fotimaxon turmush o‘rtog‘i bilan muqim yashash joyiga ega bo‘la olmay, ko‘p azobli kunlarni qaritdi. 1 nafar qizchasini tarbiyalayotgan ushbu yosh oilaga ham 2 xonali shinam uy kaliti topshirildi.

2-guruh nogironi To‘lagan Mirakmalov 3 ta oila yashaydigan 2 sotixli hovlida oilasi bilan ancha qiynalib qolgan edi. Respublika ishchi guruhi tomonidan uning ham turmush sharoiti har tomonlama va xolis o‘rganilib, mas’ul komissiya xulosasi asosida uning oilasiga ham 3 xonali uy ajratildi.

E’tiborli jihati, 1,2,3 xonali zamonaviy, to‘liq jihozlangan mazkur xonadonlar fuqarolarga hech qanday to‘lovlarsiz berilmoqda. Albatta, mazkur jarayonda, eng avvalo, uy-joyga o‘ta muhtoj, nogironligi bo‘lgan, ijtimoiy ahvoli og‘ir fuqarolarga e’tibor qaratilmoqda.

Foydalanishga topshirilgan yangi ko‘p qavatli turar-joylar atrofida aholining maroqli hordiq chiqarishini ta’minlash maqsadida sport va bolalar maydonchalari barpo etilgan. Yangi qurilgan turar-joy binolari, mavjud uylarning kapital ta’mirdan chiqarilgan fasad qismlari, ravon ko‘chalar – bularning barchasi mahallada go‘zal, chin ma’nodagi obod muhitni vujudga keltirgan.

Yangi uylarni o‘z egalariga topshirish marosimiga mezbonlik qilgan yangi mahalla markazi binosining ochilishi ham aholi uchun yana bir katta sovg‘a bo‘ldi. Markazda mahalla raisi va uning yordamchilari, profilaktika inspektori xonalarida ishlash uchun barcha qulaylik yaratilgan. O‘zbek va jahon adabiyotining sara namunalari, turli yo‘nalishdagi ilmiy-ommabop kitoblar, davriy nashrlar mavjud kutubxona esa keksayu yoshning sevimli maskaniga aylanib ulgurgan.

Mahalladagi yoshlarning kasb-hunarga ega bo‘lishini ta’minlash maqsadida “Yoshlar mehnat guzari” ham bunyod qilindi. Ushbu markazda kompyuter savodxonligi, tikuvchilik va to‘quvchilik, sartaroshlik, chet tili to‘garaklari tashkil etilgan. Fidokor yoshlar guruhi hamda kutubxona faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Mahalla o‘g‘il-qizlari bo‘sh vaqtlarida ustoz-shogird an’anasi asosida kasb-hunar o‘rganmoqda.

26.10.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar