
Keyingi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda, shahar va qishloqlarimiz qiyofasi tubdan o‘zgarib, bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.
Navoiy viloyatida ham qishloqlar, mahallalar qiyofasini tubdan yangilash va ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilib, obod go‘shalar soni yil sayin ortib bormoqda.
Bunda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarining hayotga tadbiq etilishi natijasida hududlarning yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari yangilanib, yangidan-yangi ijtimoiy soha ob’ektlari qurilmoqda.
Karmana tumani “Malik” mahallasidagi Uzumzor va Gulshan qo‘rg‘onlarida “Obod qishloq” dasturi doirasida dastlabki bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari boshlandi.
Aholi bilan tashkil etilgan uchrashuvda dastur doirasida Uzumzor va Gulshan qo‘rg‘onlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar haqida ma’lumot berilib, ushbu amaliy ishlarda mahalla ahlining ham faol bo‘lishi katta ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.
“Obod qishloq” dasturi doirasida jami 26 milliard 578 million so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi, elektr energiyasi, tabiiy gaz tarmoqlarini o‘tkazish, tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish, tibbiyot muassasasini rekonstruksiya qilish, mahalla guzari, maktab va maktabgacha ta’lim tashkiloti binolarini qurish va ta’mirlash ishlari olib boriladi.
bugungi kunda dastur doirasidagi keng ko‘lamli ishlar boshlab yuborilgan. Xususan, maxsus texnikalar yordamida ta’mir talab yo‘llarga qum, shag‘al yotqizilmoqda.
Shuningdek, malakali shifokorlar tomonidan aholi keng qamrovli chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, kasallik aniqlangan fuqarolarga shifoxonada davolanishlari uchun yo‘llanmalar berildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |