
Buxoro viloyati Shofirkon tumanida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali mutaxassislari tomonidan “Tibbiyotdagi islohotlar inson qadri uchun” shiori ostida tibbiy ko‘rik va ommaviy informatsion-profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
Tadbirda tumanning “Guliston”, “Nurafshon”, “Talisangobod” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Aholi tor doiradagi mutaxassislar ko‘rigidan o‘tkazildi. Shuningdek, UTT, EKG tekshiruvlari va laboratoriya tahlillari, sog‘lom turmush tarzini hayotga keng targ‘ib qilish bo‘yicha tashviqot-targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
–Tibbiy ko‘rikka aholining 745 nafaridan ortig‘i qatnashdi, –deydi filial direktori T.Musoyev. – Shundan 136 nafari 18 yoshgacha, 116 nafari 18 dan 30 yoshgacha, 493 tasi 30 yoshdan katta bo‘lgan fuqarolarni tashkil qiladi. Ularning 62 nafari ambulator, 125 tasi uy sharoitida oilaviy poliklinika UASH vrachlari kuzatuvi ostida davolanishi uchun tavsiya berildi. 15 nafar fuqarolar tuman tibbiyot birlashmasiga statsionar sharoitda davolanishga yotqizildi. 26 nafar bemorga viloyatdagi ixtisoslashgan tibbiyot muassasalariga davolanishi uchun yo‘llanma berildi.
Shuningdek, nogironligi bor harakati cheklangan 15 nafar bemorlarga ixtisoslashgan tez tibbiy yordam mashinasi bilan tor doira mutaxassislarining ko‘rigi instrumental va laborator tekshiruvlar uy sharoitida tashkil etildi. Tibbiy ko‘rikda ishtirok etgan fuqarolarning 134 nafaridan ortig‘ida UTT, 204 tasida EKG tekshiruvlari va 253 tasida laborator tahlillar o‘tkazildi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, mutaxassislar qabulida bo‘lgan aholi vakillariga sog‘lom ovqatlanish, harakatchan hayot tarzini tashkil qilish va boshqa sog‘lom hayot kechirishga oid mavzularda yetarlicha tibbiy ma’lumotlar berilishi ta’minlandi.
Tibbiy ko‘rik qatnashchilariga “Fitobar” tashkil qilish orqali makkajo‘xori popugi, na’matak, moychechak, kiyik o‘ti, mehrigiyo-10 o‘simlik damlamalari va o‘rik sharbati tayyorlab ko‘rik jarayonida tarqatildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |