
Samarqand viloyati adliya boshqarmasi “Inson qadri uchun” tamoyili asosida notarial palataning viloyat hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda aholining muammolarini o‘rganish, ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan loyihani boshladi.
Bunda adliya boshqarmasi, tuman (shahar) adliya bo‘limlari, Davlat xizmatlari markazlari, FHDYO bo‘limlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari, notariuslar o‘zlariga biriktirilgan mahallalarda bo‘lib, mahalla raislari, hokim yordamchilari va huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorlari bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatgan holda haftaning har shanba kuni xonadonma-xonadon yurgan holda fuqarolar bilan muloqotda bo‘lmoqda.
— Loyihaga 400 nafarga yaqin tizim xodimlari jalb qilingan, — deydi Samarqand viloyati adliya boshqarmasi mas’ul xodimi, loyiha boshqaruvchisi Orif Muhammadiyev. — Ular bosqichma-bosqich viloyatdagi har bir mahallada bo‘lishadi. Jumladan, loyihaning dastlabki kunida 300 ta mahallaga kirildi. Har bir xonadonning ijtimoiy ahvoli, ularni qiynayotgan, qiziqtirayotgan masalalar o‘rganilmoqda. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda.
Shuningdek, mahallaning ijtimoiy-ma’naviy muhitidan kelib chiqib, keng aholi qatlami orasida yer sotish, korrupsiya, odam savdosi, bezorilik va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi kurashishga qaratilgan targ‘ibot ishlari ham olib borilmoqda. Muhimi, tadbir davomida har bir fuqaro o‘z mahallasidan chiqmagan holda huquqiy muammolari yuzasidan bepul huquqiy maslahat olish imkoniga ega bo‘lmoqda.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |