2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Andijon viloyati: Respublika Ishchi guruhi faoliyatidan aholi juda mamnun

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.Xudoyberganov rahbarligidagi Respublika Ishchi guruhi Andijon viloyatining tuman va shaharlarida sayyor qabul o‘tkazmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan sayyor qabul va aholi vakillari bilan muloqotlar odamlarni qiynayotgan muammolarini hal etish, og‘irini yengil qilish, fuqarolarning davlat va jamiyatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, turli darajadagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari rahbarlarining aholi vakillari bilan muloqotlari odamlarning orzu-istaklari, talab va ehtiyojlarini o‘rganish, ularga imkon qadar ko‘mak berish, mavjud muammolarga o‘z joyida yechim topish imkonini bermoqda. Buni yigirmadan ziyod vazirlik va idoralar mutasaddilaridan tuzilgan Respublika Ishchi guruhi tomonidan Andijon shahrida o‘tkazilgan sayyor qabul misolida ham ko‘rish mumkin. 

Andijon shahri, Andijon, Izboskan, Oltinko‘l, Paxtaobod, Baliqchi, Ulug‘nor, Shahrixon tumanlarida yashovchi aholi vakillari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda qator sohalar bo‘yicha vazir o‘rinbosarlari, viloyat hokimining o‘rinbosarlari, viloyat boshqarma va tashkilotlari, huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari, tuman, shahar hokimlari, davlat, jamoat tashkilotlari mutasaddilari ishtirok etdi. Sayyor qabul davomida mutasaddilar murojaat qiluvchi har bir fuqaroning arzi, fikrini tinglab, ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha hokimlar, masalaga daxldor vazirlik va boshqarmalar, tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirokida zarur choralar ko‘rildi. 

Natijada, ijtimoiy-iqtisodiy, salomatlikni tiklash, nafaqa, noqonuniy qurilish, yer ajratish, kredit olish, inson huquqlari buzilishi bilan bog‘liq aksariyat masalalar shu yerning o‘zida hal etilib, murojaatchilarning talabi qondirildi. 

– Farzandimiz Abdullo to‘rt yoshga to‘ldi, – deydi Baliqchi tumani, Eski Markaz ko‘chasida yashovchi Maxfuzaxon Hakimova. – Farzandimiz ikki yoshlik paytida birdan isitmasi ko‘tarilib, qattiq og‘rib qolgan. Natijada u yurolmaydigan bo‘lib, aqliy rivojlanishi ham oqsab qoldi. Ko‘p davolatdik, lekin foydasi bo‘lmayapti. Sayyor qabulda Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Amirulla Inoyatov qabulida bo‘lib, farzandimizni davolashga yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qildik. O‘g‘limizga Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy pediatriya tibbiy markaziga borib, tegishli tekshiruvlardan o‘tish va davolanish uchun yo‘llanma beriladigan bo‘ldi. 

Andijon shahri, Navoiy shoh ko‘chasidagi to‘rt qavatli, eskirgan 57-, 59- va 61- ko‘p qavatli uylar buzilib, o‘rniga 9 qavatli zamonaviy uylar qurilishi boshlanganiga ham qariyb 4 yil bo‘lmoqda. Lekin qurilish ishlari oxiriga yetmayapti. 

– Qurilishni olib borayotgan “Fayzli shinam” mas’uliyati cheklangan jamiyatining moliyaviy imkoniyati cheklanganligi uchun qurilish ishlari ma’lum vaqt to‘xtab qolgan edi, – deydi tadbirkor Yulduzxon G‘ofurova. Menga jamiyatga ta’sischi sifatida qo‘shilib, qurilishni davom ettirish taklifi bildirilgan edi. Ta’sischi bo‘lib qo‘shildim, mablag‘ sarflab, qurilish ishlarini davom ettirdim, uy buzilib, yangi qurilayotgan uylardan xonadon beriladigan fuqarolarga boshqa joyda vaqtincha yashab turganliklari uchun ijara pullarini ham to‘lab berdim. Shunga qaramasdan Andijon shahar hokimligi tomonidan ushbu ob’ekt qurilishi boshqa qurilish tashkilotiga olib berildi. Men ancha pul sarflab chetda qolib ketdim. Bu masalada shahar, viloyat hokimliklariga bir necha bor murojaat qildim. Lekin natija bo‘lmayapti. Sayyor qabulda mazkur muammoni hal etishda ko‘mak berilishini so‘rab Qurilish vaziri o‘rinbosari qabuliga kirdik. Vazir o‘rinbosari murojaatimiz bo‘yicha masalani qonuniy hal etish yuzasidan tegishli tushuntirish berdi. 

Oltinko‘l tumani, “Saroy 1” mahallasi Ko‘tarmachek ko‘chasida 100 dan ortiq xonadon mavjud. Mazkur ko‘chada elektr energiyasi ta’minotida juda ko‘p uzilishlar yuzaga keladi. Sababi, ko‘chaga pishiq-puxta simyog‘ochlar o‘rnatilib, alohida elektr tarmog‘i tortilmagan.

– Mahalla aholisi qo‘lbola, yog‘ochdan ustunlar o‘rnatib, o‘zlari elektr simi tortib olgan, – deydi mazkur mahallada yashovchi, mehnat faxriysi Zaynobiddin Toshmatov. – Elektr energiyasidan bu tarzda foydalanish xavfli bo‘lish bilan birga, uzilishlar ham ko‘p bo‘ladi. Ushbu masalada tuman elektr tarmoqlari korxonasiga ko‘p marta og‘zaki va yozma murojaat qildik. Lekin natija bo‘lmayapti. Shu bois, sayyor qabulda “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Ro‘ziqul Raimovga murojaat qildik. Ko‘chamizga temir beton ustunlar o‘rnatilib, yangi elektr tarmog‘i tortilishiga ko‘mak beriladigan bo‘ldi. 

– O‘g‘lim Po‘latjon O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti sirtqi bo‘limining so‘nggi bosqichida tahsil oladi, – deydi Paxtaobod tumanida yashovchi Hamidjon Jalolov. – O‘qish bilan birga, tuman bolalar va o‘smirlar sport maktabida basketbol to‘garagi rahbari bo‘lib ishlar edi. Sharoit taqozosi bilan rahbariyatdan ruxsat so‘rab, yanvar oyida o‘z hisobidan bir necha oyga ta’tilga chiqqan. Ikki oy o‘tib, ishga qaytmoqchi bo‘lganida, mas’ullar hozircha ish yo‘qligini, ish o‘rni bo‘shaguniga qadar kutib turishi kerakligini aytgan. Mana ikki oydirki, o‘z ishiga qayta olmayapti. Sayyor qabulda shu masalada yordam ko‘rsatilishini so‘rab, viloyat sportni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i qabulida bo‘ldim. Boshqarma boshlig‘i aralashuvi bilan muammo ijobiy hal etildi.

Qabul davomida yuzlab murojaatlar joyida yechimini topdi. Ma’lum vaqt, atroflicha o‘rganishni taqozo etadigan murojaatlarni hal etish bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar, murojaat qiluvchiga zarur tushuncha va tavsiyalar berildi. Hal etilishi ma’lum vaqt va o‘rganish talab etiladigan masalalar ijrosi mutasaddilarga yuklanib, ular nazoratga olindi.

– Xalq dardi, quvonch va tashvishlariga sherik bo‘layotgan, odamlarning og‘irini yengil qilish yo‘lida xayrli va ibratli ishlarni amalga oshirayotgan Prezidentimizdan minnatdormiz, – deydi Andijon shahrida yashovchi, mehnat faxriysi Qahramonjon Umrzoqov. – Davlatimiz rahbarining ko‘rsatayotgan bu kabi e’tibor va g‘amxo‘rligi yurtdoshlarimizning davlatga, ertangi kunga bo‘lgan ishonch va umidini yanada mustahkamlamoqda. Xuddi shu kabi sayyor qabul ertaga Asaka tumanida o‘tkaziladi. Unga viloyatning qolgan shahar va tumanlari aholisi vakillari qamrab olinadi. 

10.05.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar