
Farg‘ona viloyatining shahar va tumanlarida Prezident maslahatchisi rahbarligida 20 dan ortiq vazirlik va Respublika idoralari rahbarlari va o‘rinbosarlari ishtirokida o‘tkazilayotgan ommaviy sayyor qabullar bugun Qo‘shtepa tumanidagi 1-ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktab-internatida davom etdi.
Sayyor qabulda Qo‘shtepa, Yozyovon, Oltiariq, Toshloq, Quva tumanlari va Marg‘ilon shahridan kelgan fuqarolar tomonidan ijtimoiy hayotning barcha sohalari bo‘yicha qilingan murojaatlarni hal etish choralari ko‘rildi. Fuqarolar tomonidan qilingan bir qator murojaatlar sayyor qabulning o‘zida ijobiy hal etilganligini ko‘rish mumkin.
Yozyovon tumanidan kelgan Mastura O‘rinboyeva farzandining bemorligi sabab o‘zi va farzandi uchun xorijga chiqish biometrik pasporti olish bo‘yicha ariza bilan murojaat qildi. Ushbu murojaat tegishli idora vakillari ishtirokida muhokama qilinib, shu kuni biometrik pasportlar tayyorlanib, fuqaroga taqdim qilindi.
Ma’lumot o‘rnida, Farg‘ona tumani Mozortagi istirohat bog‘i hududida Farg‘ona va Quvasoy shaharlari, Farg‘ona tumani fuqarolari uchun 11 may kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan sayyor qabul 8 may kuni soat 10:00da bo‘lib o‘tadi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |