
Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi Qamashi mahallasida 6 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi.
Hududda “Obod qishloq” dasturi doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib, aholi turmush farovonligi yanada yaxshilandi.
Xususan, mahallaga olib keluvchi yo‘l bo‘yida 40 dan ortiq yengil konstruksiyali savdo va xizmat shoxobchalari qurildi. Bu orqali 200 nafarga yaqin aholi ishli bo‘ldi.
Xonadonlar elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan ta’minlandi. 8 kilometrdan ortiq ichki yo‘llarga asfalt,18 kilometrdan ziyod qismiga qum-shag‘al yotqizildi.
Mahallada joriy yilda 600 nafar xotin-qiz kasanachilik asosida tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarishga jalb qilindi.
Shuningdek, kooperatsiya asosida 50 xonadonda inkubator orqali jo‘ja ko‘paytirish, 300 xonadonda go‘sht, 200 tasida tuxum yo‘nalishida parrandachilik tashkil etilmoqda.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |