2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ommaviy qabullar: xo‘jaylilik fuqaro 60 yoshida o‘z uyiga ega bo‘ldi

Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan sud-huquq masalalari bo‘yicha tashkil etilayotgan “Inson qadri uchun” g‘oyasi asosidagi ommaviy qabullar Beruniy tumanining “Qiyot”, Qo‘ng‘irot tumanining “Turkiston”, Chimboy tumanining “Tazgara” ovullarida, shuningdek, Xo‘jayli tumanining “Janqo‘ng‘irot”, Nukus shahrining “Jeke terek” mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib o‘tdi.

Asosan olis va chekka, chegaradosh va ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli nisbatan og‘ir hududlarda o‘tkazilgan qabullarda har bir masala hududiy mutasaddilar va murojaatchilar ishtirokida muhokama qilindi, muammolarga yechim topish uchun bor kuch-imkoniyat safarbar qilindi. Bosh prokuratura mas’ullari 340 ta masalaning 143 tasini joyida hal qildi. Qabulga kelgan insonlarning muammolari turfa, taqdirlari turli, biroq ularni birgina tuyg‘u – qonun ustuvorligi ta’minlanishi, adolat va haqiqat qaror topishiga ishonch, muammosiga yechim topish umidi birlashtirib turibdi. 

Bu jarayonda Prezident Xalq qabulxonalari va 2 sektorga ijtimoiy uy bilan ta’minlash bo‘yicha yo‘llangan murojaatlar mahalliy hokimliklar, hududiy maxsus komissiyalar bilan birga ko‘rib chiqilgani katta hayot yo‘liga chiqib olish uchun najot so‘rab kelgan to‘rt nafar ayolning ham ko‘p yillik orzu-umidini ro‘yobga chiqardi. Xo‘jaylilik Azima Odilova ayni shu kabi murojaatlaridan so‘ng 60 yoshida o‘z boshpanasiga ega bo‘ldi. Yoshi bir joyga borganda ham ijarama-ijara yurgan ayolga doimiy foydalanish huquqi asosida turar joy ajratildi. Shu yerning o‘zida Azima opa kabi yana 2 nafar xo‘jaylilik og‘ir ijtimoiy ahvoldagi ayolning ham mushkuli oson bo‘lib, ularning ko‘p yillik dardu tashvishi aridi.

Ikki nafar farzandning onasi Sarvinoz Xudoybergenovaning turmush o‘rtog‘i o‘tgan yili vafot etgach, ro‘zg‘or yuki ayolning yelkasiga tushdi. Holbuki bu oilani 2014 yildan buyon uy-joy masalasi qiynab kelar, to‘rt xo‘jalik bir xonali uyda kun kechirishga majbur edi. bugungi ommaviy qabulga najot istab kelgan Sarvinoz va uning farzandlariga ham Xo‘jayli tumanidagi ijtimoiy shaharchadan bir xonali uy ajratib berildi. Xo‘jaylilik Rita Qalbayeva esa qabulga Bosh prokuratura mas’ullaridan bolalarining halol haqqi – bir necha oydan buyon to‘lanmagan aliment pullarini undirib berishni so‘rab kelgan edi. Murojaatidan so‘ng Majburiy ijro byurosi xodimlari bu masalani hal qildi. Sobiq turmush o‘rtog‘i 3 nafar farzandining aliment pullari evaziga ularga uy olib berdi. 

Ish bilan ta’minlash masalasida amaliy yordam so‘ragan 6 nafar insonga 30 sotix yer maydoni ajratildi, 22 nafar murojaatchi ishga joylashtirildi. O‘zini o‘zi band qilishi uchun og‘ir ijtimoiy ahvoldagi 30 nafar xotin-qizga tikuv mashinasi va pishiriq tayyorlash pechlari, 2 nafar fuqaroga tomorqa yerlarini sug‘orishi uchun nasoslar, 5 nafar murojaatchiga parrandachilik inkubatori olib berildi.

 Murojaatlar yechimi mehr, saxovat va bag‘rikenglik ayyomi – Ramazon hayiti arafasidagi ezgu amallarga ulandi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj 7 ta oila farzandiga olisdagi maktablarga qatnashi uchun ichki imkoniyatlar hisobidan velosiped sovg‘a qilindi, 6 ta shunday oila farzandiga esa safarbarlik chaqiruvi rezervida harbiy xizmatni o‘tashi uchun to‘lov badallari, 7 nafar talabaning shartnoma puli to‘lab berildi. 

Oliy sud, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, shahar va tuman sudlari mas’ullari birgalikda 236 ta masalani ko‘rib chiqib, shuning 86 tasiga joyida yechim topdi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘ng‘irot, Xo‘jayli, Taxiatosh, Shumanay, To‘rtko‘l tumanlari va Nukus shahri sudlari murojaatlar asosida tashkil qilgan sayyor sud majlislarida 37 ta ish ko‘rib chiqildi. Albatta, bu murojaatchilarning barchasi aybini tan olgan, shunga mos belgilangan jazoning ma’lum qismini o‘tagan, qilmishiga ming pushaymon bo‘lib hayotini o‘nglab olish uchun yana bir imkon so‘raganlardir.

 Sud majlisida har bir ish batafsil ko‘rib chiqilib, barcha tomon tinglangach, hududlardagi ichki ishlar organlari probatsiya guruhlari taqdimnomalari asosida 28 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan oldin shartli ozod etildi, 8 nafar shaxsga nisbatan tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi yengilrog‘i bilan almashtirildi, taraflar yarashganligi munosabati bilan bitta jinoyat ishi tugatildi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ham ko‘plab masalalar ko‘rib

chiqildi, ish haqi, aliment undirish bo‘yicha 19 nafar murojaatchining da’vo arizasi qanoatlantirildi. Bir qator oilalar yarashtirilib, ajrim va aliment undirish bo‘yicha ishlar harakatdan tugatildi. Nurdao‘let Po‘latov ham oilaviy kelishmovchiliklar bois ajrim yoqasiga kelib qolgan, hatto turmush o‘rtog‘i 3 yashar qizi uchun aliment undirish uchun sudga da’vo arizasi ham kiritib ulgurgan edi. Nurdaulet bugungi qabulga kelib, oilasi bilan yarashish istagini bildirdi. 

Oliy sud mas’ullari ikki tomon bilan muloqot qilib, ularni murosaga chaqirdi, yana bir oila saqlab qolindi. Ichki ishlar vazirligi mutasaddilari surishtiruv va tergov, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, fuqarolik, pasport-viza, mol-mulkni olib qo‘yish va qaytarmaslik kabi yo‘nalishlarga oid 140 ta masalani ko‘rib chiqdi, ularning 53 tasi joyida hal qilindi. Orolbo‘yida “Inson qadri uchun” g‘oyasi asosida sud-huquq sohasi bo‘yicha tashkil qilingan ommaviy qabullarda ishchi guruhi vakillari hududlarga ham chiqib, aholi bandligini ta’minlash, ishsiz xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish borasidagi qator loyihalar ijrosini o‘rgandi. 

Qabullarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Vazirlar Kengashi, mahalliy hokimliklar, Adliya vazirligi, soliq, bojxona, Milliy gvardiya boshqarmalari mas’ullari ham 307 ta masalaning qariyb 100 tasini joyida hal qildi, aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatildi, bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari tashkil qilindi. Uch kunlik muloqotlarda 1 ming 116 ta masala ko‘rib chiqilib, ularning 404 tasi joyida hal qilindi, 237 nafar murojaatchiga huquqiy maslahat va tushuntirish berildi, 475 ta murojaat bo‘yicha esa aniq muddat va mas’ullar belgilanib, ularning ijrosi Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan nazoratga olindi. 

30.04.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar