2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Davlat xizmatlari ko‘rsatishda qanday yengilliklar yaratilmoqda?

Davlatimiz rahbarining joriy yil 20 apreldagi davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini rivojlantirishga qaratilgan farmoni bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida qanday yengilliklar yaratilmoqda?

Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva shu haqda ma’lumot berdi:

– 2022 yil 1 avgustdan boshlab Mobile-ID tizimi foydalanuvchilari elektron raqamli imzoni qo‘llamagan holda barcha davlat xizmatlaridan foydalanishi mumkin.

2022 yil 1 avgustdan boshlab Mobile-ID tizimi “elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash bo‘yicha yagona axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va shaxsni uning mobil telefon raqami orqali identifikatsiyalash imkonini beradi. 

Shaxsni Mobile-ID tizimi yordamida identifikatsiyalash DXM yoki notarial idora tomonidan yoxud YAIDXP (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi. 

Bevosita markazlar yoki notarial idora orqali fuqarolarni Mobile-ID tizimiga identifikatsiya qilish 2022 yil 31 dekabrgacha to‘lov undirilmasdan, 2023 yil 1 yanvardan BHMning 2 foizi miqdorida bir martalik to‘lov undirilgan holda amalga oshiriladi. 

Fuqaroning YAIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboriladigan barcha xabarnomalar Mobile-ID tizimi orqali identifikatsiyalangan mobil telefon raqamiga sms-xabar shaklida yuboriladi.

– Farmon bilan shaxsga doir ma’lumotlardan foydalanish sohasida ham o‘zgarishlar bo‘layotgani aytilmoqda. Bu qanday o‘zgarishlar?

– 2022 yil 1 avgustdan boshlab, davlat organlari tomonidan shaxsga doir ma’lumotlar “elektron hukumat” tizimi orqali so‘rab olinganda shaxsga doir ma’lumotlar sub’ektining YAIDXPdagi shaxsiy kabineti yoki Mobile-ID tizimi orqali identifikatsiyadan o‘tgan mobil telefon raqamiga bu haqida xabarnoma yuboriladi. Bundan davlat siri va qonunchilikka muvofiq foydalanish cheklangan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan holatlar mustasno, albatta.  

Xo‘jalik birlashmalari, davlat tashkilotlari va muassasalari, “elektron hukumat” tizimidan foydalanishga ruxsat berilgan nodavlat tashkilotlar tomonidan ishlarni bajarish va xizmatlarni ko‘rsatishda shaxsga doir ma’lumotlar uning sub’ekti roziligi bilan “elektron hukumat” tizimi orqali taqdim etiladi.

Bunda, ma’lumotlar tegishli tashkilotga shaxsga doir ma’lumotlar sub’ektining YAIDXPdagi shaxsiy kabineti yoki Mobile-ID tizimi orqali identifikatsiyadan o‘tgan mobil telefon raqamidan tasdiq olingandan so‘ng “elektron hukumat” tizimi orqali taqdim etiladi.

– Adliya vazirligi zimmasiga aholi va tadbirkorlarga davlat xizmatlari ko‘rsatishning kelgusi besh yillikdagi ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish belgilab berildi. Bu qanday yo‘nalishlar?

– Adliya vazirligi kelgusi besh yillikda “fuqaro e’tibor markazida” (citizen – centric service) tamoyili asosida davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini modernizatsiya qiladi. 

Aholining elektron davlat xizmatlaridan foydalanish darajasini keskin oshirish hamda ish yuritishni “qog‘ozsiz” tamoyil asosida olib borish yo‘lga qo‘yiladi.

Biznes jarayonlarini modernizatsiyalash usullari (business process reengineering) asosida har bir davlat xizmatini maqbullashtirish, “bir darcha” tamoyilini amaliyotga to‘liq tatbiq etish, davlat xizmatlarining yangi turlarini yo‘lga qo‘yish hamda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan davlat xizmatlarini birlashtirish yoki bekor qilish choralari ko‘riladi. 

Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda inklyuziv muhit yaratiladi. Davlat organlarining tashabbusi asosida proaktiv davlat xizmatlari hamda bitta so‘rov bo‘yicha o‘zaro bog‘liq kompozit davlat xizmatlari ko‘rsatish amaliyoti kengaytiriladi. 

O‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish ko‘nikmalari oshirib boriladi. 

– Aholi va tadbirkorlik sub’ektlardan 35 turdagi hujjatlar hamda ma’lumotlar talab qilish bekor qilinmoqda. Bu qanchalik ahamiyatli? 

– Kommunal tashkilotlarga aholiga va tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko‘rsatishda 35 turdagi ma’lumot va hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi. Endilikda ular “elektron hukumat” tizimdan olinadi. Bu turli ortiqcha ovoragarchilikka chek qo‘yib, byurokratiyaning oldini olishga xizmat qiladi. 

Shuningdek, farmon bilan davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan milliy strategiyasi va “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Unga asosan 2022-2023 yillarda 100 dan ortiq davlat xizmatlari raqamlashtiriladi va ularni YAIDXP orqali hamda davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi. 

Xususan, 6 turdagi, ya’ni tibbiy, farmatsevtika, arxitektura-shaharsozlik, soliq, mehnat, zargarlik buyumlari faoliyatiga tegishli  litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish uchun amalda mavjud bo‘lgan 17 ta byurokratik talab bekor qilindi.

38 turdagi davlat xizmatlaridan YAIDXPda elektron raqamli imzosiz foydalanishga ruxsat berildi. 8 ta vazirlik va idoraning elektron tizimlari “elektron hukumat” tizimiga integratsiya qilinishi belgilandi. Buning natijasida aholi va tadbirkorlarning elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yanada kengayadi. 

Ma’muriy huquqbuzarlikni ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lgan 21 ta davlat organining axborot tizimlari yagona billing tizimiga integratsiya qilinishi belgilandi. Natijada jarimalarni elektron to‘lash va natijalaridan xabardor bo‘lish imkoniyati yaratiladi.

 Bundan tashqari, 2022 yil 1 iyundan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar OTMga o‘qishga qabul qilishda o‘tkaziladigan kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun undiriladigan to‘lovlardan ozod etiladi.

Markazlarda aholi va tadbirkorlarga elektron davlat xizmatlaridan foydalanish uchun o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatuvchi joylar tashkil etiladi.

25.04.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar