
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov Kasbi tumani hokimligi binosida fuqarolarning sayyor qabulini o‘tkazdi.
Unda Qashqadaryo viloyatining Kasbi, Koson, Muborak va boshqa tumanlaridan kelgan fuqarolarning murojaatlari eshitildi.
Murojaatlarda asosan uy-joy va ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, ichimlik suvi muammosini hal qilish, hududni obodonlashtirish, stadion qurilishiga oid masalalar ko‘tarildi. Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati, yerning talon-toroj qilinishi va soliq to‘lovi bilan bog‘liq muammolarga e’tibor qaratildi.
Viloyat va tegishli tumanlar hokimliklari mutasaddilariga murojaatlarni joyida o‘rganib chiqish va hal etish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berildi. Ayrim murojaatlar tegishliligi bo‘yicha prokuratura va sud idoralariga taqdim qilindi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |