
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari A.Muhammadiyev Urgut tumani Kenagas mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.
Tuman hokimligi, viloyat adliya boshqarmasi, davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan qabulda aholi hamda tadbirkorlik sub’ektlarining uy-joy, moddiy yordam, tibbiy xizmat, kredit olish, aliment undirish, pensiya va nafaqa tayinlash, bandlik singari masalalar yuzasidan 100 ga yaqin murojaati eshitildi.
Omonqo‘ton mahallasida yashovchi, qariyb 60 yoshni qarshi olgan Xudoyberdi Mahmudov turmush o‘rtog‘i Aziza Mamatqulova bilan shu paytgacha sha’riy nikoh asosida yashab kelgani, qonuniy nikohdan o‘tishda muammolarga duch kelayotganini aytib, yordam so‘radi. Bu oilaning nikohi shu yerda rasman qonuniylashtirilib, guvohnoma topshirildi.
– Qizim, Dilnura A’zamova yaqinda 16 yoshga to‘ladi, – deydi Z.Raupova. – Endi pasport olishi kerak, lekin tug‘ilganlik guvohnomasi yo‘qligi sababli bu masala muammo bo‘layotgandi. Bee’tiborsizligimiz bolaning kelajagiga ta’sir qildi. Qabulda vaziyatimni tushuntirib, yordam so‘radim. Masalam joyida hal bo‘ldi.
Qabul davomida tuman bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi, davlat xizmatlari markazi, notarius va adliya bo‘limi tomonidan fuqarolarga huquqiy yordam va davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |