
Mamlakatimizda aholi bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xonadonlarda oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanish va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun zarur sharoitlar yaratilayotir. Bu borada “Har bir oila tadbirkor” dasturi asosida ajratilayotgan imtiyozli kreditlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Namangan shahrining Yangi Namangan tumanida olib borilayotgan amaliy ishlar ham o‘z samarasini bermoqda. Jumladan, Mustaqillikning besh yilligi mahallasida yashovchi Sohibjon Dadaxonovga hokim yordamchisi Alisher Hamroyev ko‘magida yuzta tovuq va yuzta jo‘ja olib berildi. Shu hudduda yashovchi Faxriddin Abdurahimovga ham daromadini oshirish va uyda turgan holda ish bilan band etish maqsadida imtiyozli kredit asosida 12 ta qo‘y yetkazib berildi.
“Yaxshi niyat – buyuk kelajak” xususiy korxonasi rahbari Oybek Asqarov tomonidan erkaklar kiyim-kechaklari ishlab chiqariladi. Tadbirkor avvallari Go‘zal mahallasi hududida ijarada turgan holda mahsulot ishlab chiqarayotgan edi. Endilikda u hokim yordamchisi ko‘magida Mustaqillikning besh yilligi mahallasida ish boshladi. Unga ajratilgan bino uchun ijara puli Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan qoplab beriladigan bo‘ldi. Mo‘’jazgina korxonada ayni vaqtda 12 kishi ish bilan band. Tadbirkorning aytishicha, yana mahalladagi “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan 12 nafar xotin-qizni ishga qabul qilish rejalashtirilgan.
Hududga mas’ul sektor rahbari, tuman hokimi Jobirxon Abdullayev tadbirkor bilan muloqot qilib, ishlab chiqarayotgan mahsulotlarini ko‘zdan kechirdi. Tadbirkorlik uchun barcha imkoniyat va sharoitlar yaratib berilishi, yaqindan qo‘llab-quvvatlanishi ta’kidlandi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |