
Hozirda joylarda aliment bilan bog‘liq hujjatlar ijrosini ta’minlash uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkalari tashkil etilmoqda.
Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan olib borilayotgan bu kabi tadbirlar o‘z natijasini beryapti.
Masalan, Pop tumanining G‘urumsaroy qishlog‘ida bo‘lib o‘tgan navbatdagi xuddi shunday mehnat yarmarkasida 32 nafar fuqaro ish bilan ta’minlandi.
Tuman prokuraturasi, Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi va tegishli tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan yarmarkada 22 ta korxona va muassasa o‘zlarining 315 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.
Unda har bir ish beruvchi tashkilot o‘z imkoniyati va yaratilgan sharoitlar, ish haqlari haqida to‘liq ma’lumot berdi.
Natijada, taklif etilgan 67 nafar mehnat migrantlari va aliment to‘lovchilarining 32 nafari ishga yo‘llanma oldi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |