
Yangi ish o‘rinlarini yaratishning eng samarali va arzon yechimi esa aholini o‘zini o‘zi band qilishdir. Bu haqda Namangan viloyati Davlatobod tumanida viloyat hokimi bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda ta’kidlab o‘tildi.
Xorijdan yurtimizga qaytib kelgan fuqarolar hamda kam ta’minlangan va vaqtincha ishsiz aholi vakillari bilan o‘tgan muloqot davomida kichik tadbirkorlikning aholi turmush tarzini oshirishdagi ahamiyati haqida so‘z bordi.
– Tadbir davomida «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi hisobidan 8 nafar fuqaroga tikuv mashinasi, 2 nafariga esa motokultivator berildi, – deydi fond Namangan viloyat bo‘lim boshqaruvi raisi A.Mukarramov. – Bundan tashqari, viloyat hokimiga davolanish uchun moddiy yordam so‘rab murojaat qilgan 4 nafar fuqaroga jamg‘arma hisobidan qariyb 30 million so‘m moddiy yordam ajratildi.
Muloqot davomida «Temir daftar»ga kirgan yana 1000 nafar fuqaroga parranda sotib olish uchun «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qariyb 5,5 milliard so‘m ajratildi, deydi «Mahalla» fondi matbuot xizmati.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |