2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Aholining ehtiyojmand toifasini ish bilan ta’minlash borasidagi ishlar parlament nazoratida

Ayni kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari Surxondaryo viloyatida bo‘lib, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash borasidagi vazifalar ijrosini o‘rganmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning birinchi choragida Surxondaryo viloyatida xududiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish yo‘nalishida 437 ta loyihada 1157 ta yangi ish o‘rni, yangi kichik korxonalar va mikrofirmalar tashkil etish yo‘nalishida 73 ta loyihada 106 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. Jumladan, Muzrabod tumanida 10 ta hududiy investitsiya loyiha doirasida 89 ta yangi ish o‘rni tashkil etilgan.  

Xususan, ishchi guruh a’zolari Muzrabod tumanida yangi tashkil etilgan “Karvon afsona MS” MCHJda bo‘lib, korxona faoliyati, yaratilgan yangi ish o‘rinlarining band etilganligini o‘rganishdi. Jamiyat zamonaviy umumiy ovqatlanish va texnik xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan bo‘lib, unda 20 ta yangi ish o‘rni tashkil etilgan. bugungi kunda 12 ta doimiy, 4 ta mavsumiy yangi ishchi xodimlar bandligi ta’minlangan.  

Ishchi guruh a’zolari shuningdek, Jarqo‘rg‘on tumanida ham o‘rganishlarni olib bordi. Sohada erishilgan yutuqlar e’tirof etilib, aniqlangan kamchiliklar tanqid ostiga olindi. Xususan, tumanda investitsiya loyihalarning 2021 yildagi ijrosi ko‘rilganda rejadagi 2 ta loyiha muddatida bajarilmagan. Natijada, 75 ta ish o‘rni tashkil etilmay qolgan. Yechim sifatida ularning muddati 2022 yilga uzaytirgan. Bu kabi muammolarni o‘z vaqtida ijro qilish, aholining bandligini ta’minlash bo‘yicha deputatlar tomonidan kerakli taklif va tavsiyalar berildi.

Ta’kidlash joiz, viloyatda aholi bandligini ta’minlash uchun Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan 2022 yil birinchi choragida 387 nafar fuqaroga subsidiyalar ajratilgan. Mablag‘lardan samarali foydalanish holatini monitoring qilish maqsadida Ishchi guruh a’zolari Jarqo‘rg‘on tumanidagi mahallalarda bo‘lib, subsidiya olgan fuqarolar — Firuza Abdurasulova, Gulchehra Allaberdiyevalar bilan suhbatda bo‘lishdi. Ma’lum bo‘lshicha, ularning biri issiqxonada bodring yetishtirib daromad topayotgan bo‘lsa, ikkinchisi tikuvchilik bilan shug‘ullanib ro‘zg‘origa qo‘shimcha mablag‘ olib kirmoqda.  

Ishchi guruh a’zolari o‘rganishlar jarayonida mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisi va yoshlar faoli tomonidan ishsiz aholini band qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham yaqindan tanishdi. Viloyatda kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash uchun ajratilgan grant mablag‘lari hisobidan 2346 nafar fuqaro kasbga o‘qitilib, ularning bandligi ta’minlangan.  

Bugungi kunda ish o‘rinlari tashkil etish, aholini band qilish yo‘nalishida salmoqli byudjet mablag‘lari ajratilmoqda. Ushbu mablag‘lar va yaratilgan imkoniyatlardan to‘g‘ri, oqilona va maqsadli foydalangan holda yangi ish o‘rinlari yaratish va aholini ijtimoiy himoyasi borasidagi ishlarni tizimli tashkil etish lozim. Shu ma’noda, o‘rganish davomida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi.  
Ishchi guruhi Surxondaryo viloyatida o‘z ishini davom ettirmoqda.

10.04.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar