
Namangan viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi Chaqiriluvchilarni harbiy texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash markazida “Uch avlod” uchrashuvi o‘tkazildi.
Ustoz-shogird an’analarini uyg‘unlashtirish, keksalarning boy tajribasini yosh avlodga ulashish maqsadida Namangan viloyati hokimligi, Mudofaa ishlari boshqarmasi, Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan uchrashuvda mudofaa tizimi faxriylari, bugun bel bog‘lab, jamiyat rivojiga munosib ulush qo‘shayotgan o‘rta yosh avlod vakillari hamda shijoatli, iqtidorli yosh harbiylar samimiy suhbat qurdi.
Uchrashuvda tizim rivojiga hissa qo‘shgan keksa avlod vakillar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi, samimiyat va maslahatlar ustuvorlik qildi, kerakli xulosalar chiqarildi, boy tajribalar orttirildi.
Tadbir ishtirokchilari Namangan shahridagi “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo‘ydi. Markaz hovlisiga uch avlod birgalikda ezgulik daraxtini ekdi.
bugungi uchrashuv – avlodlar orasidagi oltin zanjir, Vatan ravnaqi va xalq manfaati yo‘lidagi birlik, ezgu maqsadlar sari hamkorlik va jipslikdagi harakat, muborak diydor sifatida qalblarga muhrlandi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |