
Xalq bilan muloqot davlatimiz siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Har bir soha mutasaddisi, xalq vakili doimiy ravishda aholi bilan bevosita muloqot qilib, ularning muammolarini, dardu tashvishlarini o‘rganmoqda, vakolati doirasida masalalarni hal etish choralarini ko‘rayotir.
Oliy Majlis Senati Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, joriy yil 28 martdan 2 aprelgacha Senatda doimiy asosda ishlovchi senatorlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida xizmat safarida bo‘ladi. Senatorlar aholi, mahalliy Kengashlar deputatlari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.
Mazkur uchrashuvlarda Oliy Majlis Senatining yigirma to‘rtinchi yalpi majlisida ma’qullangan qonunlar va ko‘rib chiqilgan masalalar mazmun-mohiyati aholiga tushuntiriladi. Senat a’zolari joylarda aholini qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash maqsadida aholi bilan bevosita muloqot olib boradi.
Shuningdek, fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatishga e’tibor qaratiladi.
Bundan tashqari, senatorlarning hududlardagi ish jadvalida Senat qarorlari ijrosi va parlament yuqori palatasiga kelib tushgan fuqarolar murojaatlarini joyida ko‘rib chiqish va hal qilish masalalari ham o‘rin olgan.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |