2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Uch avlod uchrashuvi yoshlarga o‘ziga xos motivatsiya berdi

Farg‘ona viloyati Quvasoy shahridagi "Sho‘rsuv" o‘quv punktining 2022 yil chaqiruvidagi muddatli harbiy xizmatchilari ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" o‘tkazildi.

Ma’naviy - ma’rifiy tadbirda O‘zbekiston Respublikasi DXX Chegara qo‘shinlari faxriylari iste’fodagi polkovnik M.Mo‘minov, podpolkovnik Z.Ataxanov, kapitan M.Kenjayev, O‘zbekiston Respublikasi milliy parolimpiada qo‘mitasi Farg‘ona viloyati bo‘limi a’zosi, 2020 yil 16-yozgi parolimpiadaning "Diska uloqtirish" bo‘yicha oltin medal sohibasi M.Hamdamova, "Nayza uloqtirish" buyicha 4-o‘rin sohibi Y.Odilov, 2017-2018 yillarda Chegara qo‘shinlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab imtiyozli tavsiyanomani qo‘lga kiritgan, hozirda Farg‘ona davlat universitetining 3- boskich talabasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi Davlat stipendiyasi sohibi Z.Jo‘rayev, Farg‘ona davlat universitetining professor o‘qituvchilari ishtirok etdi.  
Dunyo miqyosida milliy va global xavfsizlikka qarshi tahdidlar tobora ortib borayotgan hozirgi murakkab zamonda harbiy sohani yuksaltirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy qurol-yarog‘ va aslahalar bilan ta’minlash, harbiy xizmatchilarning jismoniy, ma’naviy-intellektual tayyorgarligini oshirish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish eng dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.  

Shu bois “Armiya va xalq – bir tanu bir jon!” degan g‘oya va amaliy harakat barcha bo‘g‘indagi hokimiyat hamda boshqaruv idoralari, mahalla, yoshlar, xotin-qizlar, nuroniylar, ta’lim-tarbiya muassasalari faoliyatini, keng jamoatchilik hayotini qamrab olmoqda. Bu esa, Vatan himoyasi chindan ham barchamizning nafaqat vazifamiz, balki sharafli burchimizga aylanib borayotganidan dalolat beradi. DXX Chegara qo‘shinlari Farg‘ona viloyati boshqarmasi harbiy qismlaridan birida bo‘lib o‘tgan “Uch avlod uchrashuvi” ham mazmun-mohiyatiga ko‘ra ana shu jihatlarni aks ettirgani bilan e’tiborlidir.  

Tadbirda sarhadlarimiz daxlsizligini asrash, osmonimiz musaffoligini himoyalashda har birimiz burchli ekanligimiz qayd etildi. So‘z xalqimiz osoyishtaligini asrash haqida borar ekan, mehnat faxriylari harbiy xizmatdagi tajribalarini yoshlar bilan o‘rtoqlashdi. 

Farg‘ona davlat universiteti murabbiylari esa bugun ma’naviyat va ilm-fanning ravnaqi ortib, bu ikki omil millatning kuch-qudratiga aylanib borayotganini  misollar orqali atroflicha izohlab berdi. Oliygohlarda yangidan joriy etilgan tyutor lavozimi, uning maqsad va vazifalari nimalardan iborat ekanligiga to‘xtalib o‘tildi. Yashirishning hojati yo‘q, so‘nggi vaqtlarda talabalarning turar-joy masalasidagi tashvishlari, ayrim xulq-atvori salbiy ko‘rinish aks etgan yoshlar bilan  tushuntirish targ‘ibot ishlarini olib borish  yechimini kutayotgan muammolardan biri edi. Tyutor zimmasiga yuklatilgan vazifalar ana shu muammolarga barham berdi. Qolaversa, barkamol avlod o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar salmog‘ini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Uchrashuvda shu haqida ham so‘z yuritildi.  

– Shuni alohida ta’kidlash zarurki, harbiy xizmatchilarning har jihatdan farovon hayoti – mamlakatimizda xarbiy xizmatning nufuzi va obro‘-e’tibori naqadar yuksak ekanini namoyon etmoqda, – deydi mayor A.Akbalayev. – Milliy armiyamizda chiniqish maktabini o‘tagan, har qanday fursatda Vatan himoyasi uchun tayyor bo‘lgan butun bir avlod voyaga yetmoqda. Shu bois harbiy xizmatga yigitlarning saralari jalb etilmoqda. Ularning ham jismoniy, ham ma’naviy tayyorgarligi sinovdan o‘tkazilayotir. Negaki, bugungi zamonda faqat ijtimoiy jihatdan yaxshi ta’minlangan harbiy xizmatchilar, shu bilan birga, puxta tayyorgarlikka ega Qurolli Kuchlargina mamlakatimiz havfsizligini asrashga qodir bo‘ladi.  

Uch avlod jam bo‘lgan uchrashuvda askarlarning hayot tarzi, chiniqish maktabidagi shart-sharoitlar haqida ham  so‘z bordi. Samimiy muloqotlarda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldi. 

Tadbirda vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi. Vatanparvarlik ruhidagi she’rlar o‘qildi. Harbiy qism ma’muriyati tomonidan faollarga esdalik sovg‘alari topshirildi. 

20.03.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar