Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Ayolni qadrlash – yaxshilik va adolatlik mezoni

8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni

 Nukusda 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ayolni qadrlash – yaxshilik va adolatlik mezoni” mavzusida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

  Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha shahar va tumanlaridan kelgan nuroniy onaxonlar, jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan xotin-qizlar, turli vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.

  Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi M.Kamalov so‘zga chiqib, xotin-qizlarni bayram bilan muborakbod etdi.

  Ta’kidlanganidek, azal-azaldan onalarga, barcha xotin-qizlarga hurmat ko‘rsatilib, ular hayot davomchilari sifatida qadrlanib kelingan. bugungi kunda xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha jabhalarida fidokorona mehnat qilib kelmoqda.

  Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan xotin-qizlarni har tomonloma qo‘llab-quvvatlashga, ular bandligini ta’minlashga, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. 

  “Ayollar daftari” yo‘lga qo‘yilib, iste’dodli qizlarga mukofotlar, tadbirkor ayollar uchun imtiyozli kreditlar, qizlarning oliy ta’lim yurtlariga kirishi uchun qo‘shimcha kvotalar ajratilmoqda. 

  Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 1 mart kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi hamda ularning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash masalalari bo‘yicha yangi vazifalar belgilab berildi. Bu esa Yangi O‘zbekistonni barpo etishda xotin-qizlarning faolligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 5 martdagi “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, yurtimizda olib borilayotgan tub islohotlarda faol qatnashib, yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida tashabbus va namuna ko‘rsatib kelayotgani uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 8 nafar xotin-qiz orden va medallarga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, davlatimiz rahbarining joriy yil 5 martdagi qarori asosida Qoraqalpoq davlat universitetining 2-bosqich talabasi Zuxraxon Maqsadova hamda Nukus davlat pedagogika institutining 4-bosqich talabasi Yerkinay Orinbayeva o‘zlarining iqtidori va namunali faoliyati bilan yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelayotgani, ijtimoiy hayotda faollik ko‘rsatayotgani uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

  Tantanali tadbirda bir guruh fidoyi xotin-qizlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining maxsus qarori bilan “Ardoqli nuroniy”, “Vatan fidoyisi” va “Umid uchquni” ko‘krak nishonlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining “Faxriy yorliq”lari bilan taqdirlandi. Shuningdek, davlat va jamiyat hayotidagi faolligi, o‘zlarining yuksak samarali mehnati bilan xizmat qilib kelayotgan bir guruh xotin-qizlarga “Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishoni topshirildi.

Konsert dasturi namoyish etildi.

08.03.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar