Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Hududlarda ayollar ish bilan ta’minlanmoqda

O‘zbekiston agro axborot innovatsiya markazi mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan bir qator tashkilotlar bilan hududlarda xotin-qizlar uchun yangi ish o‘rinlari yaratish borasida faol ishtirok etmoqda.

Shu jarayonda O‘zbekiston  fermer dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan ham qator  ishlar bajarilmoqda. “Mamlakatimizning xududlarida xotin qizlar uchun yangi ish o‘rinlarini yaratishda innovatsion yondashuv” loyihasi doirasidagi o‘quv-amaliy seminar ulardan biri.

Navbatdagi seminar Toshkent viloyati Pskent tumanida bo‘lib o‘tdi. Unda o‘z biznesini tashkil etmoqchi bo‘lgan ayollar va yosh tadbirkorlar, jamoatchilik vakillari va hududlarda faoliyat yuritayotgan tajribali  mutaxassislar  bilan muloqot o‘tkazildi.

Unda xonadonlarda  gulchilik hamda bog‘dorchilik ko‘chatlarini yetishtirish, landshaft me’morchiligini rivojlantirishda tajriba maydonlari tashkil etish, ko‘chatlarni parvarishlash agrotexnologiyalari ishlab chiqish, o‘simliklarni oziqlantirish hamda zararkunandalarga qarshi kurashish borasida maslahatlar va tavsiyalar berildi.

Toshkent viloyatining Toshkent tumanida 30 yildan ortiq  gulchilik va landshaft me’morchiligi asosida faoliyat yuritayotgan “Zaxriddin Flowers” tashkilotida o‘tkazilgan mahorat darsi esa xotin-qizlarni bu boradagi bilim va malakalarini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Qayd etish kerakki, ayollarni o‘z xonadonlarida qo‘shimcha  ish bilan ta’minlanishi, yangi biznesni yo‘lga qo‘yishi albatta, oilaning turmush tarzi yaxshilanishiga, jamiyatimizda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga to‘rtki bo‘ladi.

09.03.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar