2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sektor rahbari muammolarni birma-bir o‘rgandi

Buxoro viloyati Qorako‘l tumani “Arabxona” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tadbirkor Nasim Qoryog‘diyev tomonidan tikuv sexi tashkil etilgan. Bu yerda asosan erkaklar va ayollar kiyimi tayyorlanadi. Mahsulotlari Qozog‘iston va Qirg‘izistonga eksport qilinayotgan sexda mahalladagi 10 dan ortiq xotin-qiz ishlamoqda.

Tuman hokimi Xurshid Tohirov boshchiligidagi mutasaddilar hududdagi aholi bilan uchrashuvda tadbirkorning faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Uning muammolari o‘rganildi. Tadbirkorni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tadbirkorga tegishli binoning kadastr masalasi o‘sha joyning o‘zida hal etildi. Aylanma mablag‘ masalasidagi muammosi ham  “Agrobank” ning  tuman filialidan ajratiladigan 250 million so‘m kredit mablag‘i hisobida ijobiy yechim topadigan bo‘ldi. 

Qorako‘l tumani hokimi, 1-sektor rahbari Xurshid Tohirov “Arabxona” mahallasidagi 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabida sayyor qabul o‘tkazdi. Tuman rahbari bir yo‘la maktab faoliyati bilan ham tanishdi. O‘quv jarayonida erishilgan yutuqlarni e’tirof etdi. Maktabni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, hududni noqonuniy va ta’lim dargohining tashqi qiyofasiga mos bo‘lmagan, eski qurilmalardan tozalash bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi. 

Aholi bilan uchrashuv tuman rahbarlariga nisbatan tanqidiy va tahliliy ruhda boshlandi. Har bir murojaat tegishli mutasaddilar ishtirokida ko‘rib chiqildi. Jumladan, aholining hududga yangi oilaviy shifokorlik punkti qurish haqidagi murojaati mutasaddilar ishtirokida tahlil qilindi. Mazkur hududdan 3 kilometr uzoqlikda joylashgan  “Qorahoji” oilaviy shifokorlik punktidan tez yordam kelishi ko‘p vaqt talab etilishi tanqid qilindi.  

Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i E.Oltiyev Qorako‘l tumani aholisiga tez tibbiy yordam xizmatini yanada yaqinlashtirish maqsadida tumanda 1 ta markaziy bo‘lim va 9 ta hududiy shoxobchalar tashkil qilinganligi, hozirgi kunga qadar chaqiriqlar viloyat CALL-markazi (103) orqali tuman bo‘limiga va u yerdan shoxobchalarga berilayotganligini ta’kidladi. Endilikda chaqiriqlardagi kechikishlar va tumanning olis hududlarida ham tibbiy xizmat sifatini mukammallashtirish maqsadida tuman markaziy tez yordam bo‘limiga hamda mavjud shoxobchalarga zamonaviy planshetlar va kechayu kunduz uzluksiz ishlaydigan navbatchi-telefon raqamlari faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi, aholining salomatlik bo‘yicha shikoyati bo‘lgan taqdirda shoshilinch holatlarda mazkur telefon raqamlari orqali joylardagi tez tibbiy yordam shoxobchalariga murojaat qilishlari mumkinligi tushuntirildi.  

Eksperiment tariqasida fuqaro raqamidan “Qorahoji” OSHP mudiriga qo‘ng‘iroq qilindi. 6 daqiqa vaqt ichida tez tibbiy yordam yetib kelganligi isbotlandi. 

Uchrashuvda jami 15 nafar fuqarolarning turli masalalar yuzasidan qilgan murojaatlari tuman 1-sektor ishchi guruhi a’zolari, tuman mutasaddi idoralar rahbarlari ishtirokida birma-bir ko‘rib chiqildi. Murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi. O‘z ishida kamchilik va e’tiborsizlikka yo‘l qo‘ygan rahbarlarga intizomiy choralar qo‘llanilishi ta’kidlandi. Qo‘shimcha o‘rganish hamda vaqt talab etadigan murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi. Alohida nazoratga olinib, tuman mutasaddi idoralariga tegishli ko‘rsatma hamda topshiriqlar berildi. Murojaat mualliflariga o‘rganish natijalari haqida xabar berilishi tushuntirildi. 

Shuningdek, aholi tomonidan mahalla raisi, hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisining hamjihatlikdagi faoliyati ko‘p muammolarning tuman darajasida ijobiy hal etilishiga asos bo‘layotganligi aytib o‘tildi. 

03.03.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar