
Buxoro viloyati “Suvoqova” davlat unitar korxonasi Romitan tumani filiali tomonidan “Obod qishloq” davlat dasturi doirasida “Poyjo‘y” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Poyjo‘y” suv inshooti 25 milliard so‘m mablag‘ evaziga qayta qurilmoqda. Bu “Qoqishtuvon”, “Obidxo‘ja”, “Shavgon”, “Qushchi”, “Shodmin”, “Nalbaldon” qishloqlarining 25 mingdan ziyod aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash imkonini beradi.
Tumanning “Navbahor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Navro‘z” suv inshooti ham aholini toza ichimlik suv bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Inshoot hududdagi “Navbahor” hamda “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi aholining toza ichimlik suvga bo‘lgan ehtiyojini qondirish imkonini beradi. Buning uchun quvurlar tortildi. Suv inshooti binosi qurilib, suvni filtrlab beruvchi zamonaviy uskunalar bilan jihozlandi.
Inshootning qurilish ishlariga jami 6 milliard 400 million so‘m mablag‘ sarflangan. Mazkur suv inshooti orqali 2 ming 215 ta aholi ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |