2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Qoraqalpog‘iston taraqqiyotida yangi sahifa ochilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev 23 fevral kuni hududlardagi bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar va aholi hayoti bilan tanishish maqsadida Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurdi.

Bu gal yangiliklar, o‘ziga xos jihatlar ko‘p. Xususan, birinchi raqamli bort ilk bor Toshkentdan Mo‘ynoqqa keldi.

Ma’lumki, Mo‘ynoq mamlakatimizning olis hududlaridan biri. Eng yaqin shahar – Qo‘ng‘irotgacha 100, Qoraqalpog‘iston markazi – Nukusgacha 200 kilometr masofa bor. Bu kommunikatsiyada qiyinchilik tug‘dirishi tabiiy. Shu bois mo‘ynoqliklarning hayoti, sharoitlariga davlatimiz rahbarining e’tibori boshqacha. Bu hududni rivojlantirish bo‘yicha ikkita qaror qabul qilinib, manzilli dasturlar amalga oshirilgan. Prezidentimizning o‘zi ham Mo‘ynoqqa ikki marta – 2018 va 2019 yillarda tashrif buyurgan. O‘shanda bu yerda transport kommunikatsiyalarini yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatma berilgan edi. Shunga muvofiq, avtomobil yo‘llari ta’mirlandi. Mo‘ynoq aeroporti yangilanib, ishga tushirildi.

Bu “havo porti” 1947 yilda qurilgan bo‘lib, ilgari kichik samolyotlarni qabul qilgan. Keyinchalik umuman ishlamay ham qolgan edi. Bugun hayotga qaytgan bu aeroportga ilk bor O‘zbekiston Prezidentining samolyoti kelib qo‘ndi.

Davlatimiz rahbari bu yerdagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Aeroportda 50 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan yangi terminal qurilgan, uchish-qo‘nish yo‘lagi va maydonchalar ta’mirlangan. Majmua atrofi ko‘kalamzorlashtirilgan.

Prezident shu yerda mo‘ynoqlik yoshullilar, mahalla raislari, hokim yordamchilari va yoshlar bilan uchrashdi.

– Oxirgi besh yilda ko‘p narsani o‘rgandik, ilgari ishonilmagan narsalarga ishondik. Men birinchi kelganimda «madaniyat Mo‘ynoqdan boshlanadi» degandim. Shunday bo‘layapti. Mana shu aeroport ham bir misol. Endi Toshkent – Mo‘ynoq – Nukus aviaqatnovi yo‘lga qo‘yiladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Tashrifdagi yana bir yangilik – Orolbo‘yini birgalikda rivojlantirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlari muayyan viloyatlarga biriktirilgan. Prezident buning sababi va ahamiyatini tushuntirib berdi.

– Orolbo‘yida ahvol yomon deb ko‘pchilik gapiradi. Lekin hamma ham bu yerga kelib ko‘rmagan. Orolning havosidan nafas olishi, sharoitni ko‘rib, adolatli baho berishi uchun bu yerga butun respublikadan rahbarlarni yubordim. Qoraqalpog‘iston rivojiga katta mablag‘ yo‘naltiramiz, – dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari Mo‘ynoqdagi dolzarb masalalar, kelgusi ishlar bo‘yicha aholi fikrini so‘radi.

– Bu yerda qiyinchiliklarda toblangan, mehnatkash odamlar yashaydi. Faqat ularga ishlash uchun sharoit yaratib berishimiz kerak. Lekin qanday korxona quramiz? Nima ishlab chiqaramiz? Uning bozori nima bo‘ladi? Samolyot kelgani bejiz emas. Endi mahsulotlarni tashish osonlashadi. Shuning uchun sizlardan iltimosim: achchiq, asosli, manfaatli gaplarni aytinglar. Birgalikda yaqin ikki yilga aniq rejalarni belgilab olishimiz kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Jamoatchilik vakillari hududdagi muhim masalalar bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi. Prezidentimiz ularni qo‘llab-quvvatlab, mutasaddilarga topshiriqlar berdi. Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari bilan birga xizmat turlarini kengaytirish, xususan, ko‘ngilochar o‘yinlar uchun soliq imtiyozlari berish zarurligini ta’kidladi. Bu ichki turizm rivojiga, ish o‘rinlari ochilishiga xizmat qiladi.

Mo‘ynoq tumaniga Toshkent viloyati biriktirilgan. Uchrashuvda ushbu viloyat tadbirkorlari tomonidan Mo‘ynoq tumanida amalga oshiriladigan ishlar haqida aholi vakillari oldida taqdimot o‘tkazildi. Qayd etilganidek, bu yerda istirohat bog‘i quriladi, qo‘shimcha quvur tortib kelinadi. Keksalar sanatoriyga, bolalar oromgohlarga yuboriladi. Davlatimiz rahbari aholi salomatligi masalasiga alohida e’tibor qaratib, bu yerga kelib ishlaydigan shifokorlarga oylik ustamalar berish, uy bilan ta’minlash muhimligini ta’kidladi.

Shundan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev Orol dengizining qurigan joyiga borib, vaziyatni ko‘rdi.

Qoraqalpog‘iston xalqi hayoti, umuman, katta mintaqadagi ekologiya shu muammoga bog‘liq. Bir paytlar dengiz va unga tutash daryolar, yaylovlar odamlarga rizq ulashgan, ish, daromad manbai bo‘lgan. Lekin tabiat qonunlariga aralashish, Amudaryo va Sirdaryo suvini to‘sish dunyodagi og‘ir ekologik halokatlardan birini yuzaga keltirdi. Mintaqamizda cho‘llanish va sho‘rlanish darajasi keskin ortdi. O‘simlik va yovvoyi hayvonlar turi kamayib ketdi.

Global isish muammosi kuchayib, yog‘ingarchilik kamayayotgan bugungi asrimizda Orol dengizini qutqarish tobora imkonsiz bo‘lib bormoqda. Bunday sharoitda yagona yo‘l – borini asrab qolish, fojia ta’sirini kamaytirish, odamlar hayotini osonlashtirish.

Davlatimiz rahbari bu bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi sessiyalarida gapirdi, xalqaro sammitlarda muhim takliflarni ilgari surdi. Shu bilan birga, o‘z imkoniyatlarimizga tayanib, amaliy ishlar ham olib borilmoqda.

Xususan, Orol dengizining qurigan tubidan millionlab tonna chang va zaharli tuzlar ko‘tarilib, katta hududga tarqalar edi. Shavkat Mirziyoyev 2018 yili Mo‘ynoqqa tashrifi chog‘ida olimlar bilan maslahatlashib, u yerda sho‘rga chidamli o‘simliklar ekish vazifasini belgilagan edi.

Davlatimiz rahbariga shu borada qilingan ishlar haqida axborot berildi.

O‘tgan yillarda dengizning suv qurigan qismida 1 million 524 ming gektar to‘qayzor barpo etilgan. Buning uchun saksovul, qorabo‘roq, qandim, cherkez kabi cho‘l o‘simliklaridan qariyb 6 ming tonna urug‘ tayyorlanib, qiyin sharoitlarda ekilgan. Bu ishlarda 4 mingdan ziyod ishchi qatnashib, 1 ming 600 dona texnika, samolyotlar jalb etilgan.

Bu xayrli, dolzarb harakat davom ettirilmoqda. Joriy yilda 100 ming gektar maydonda “yashil qoplama” barpo qilish rejalashtirilgan. bugungi kunda shundan 26 ming gektarida ish boshlangan, 562 tonna urug‘ tayyorlangan. Shuningdek, 100 gektar maydonda ko‘chatxona tashkil qilinmoqda.

Prezidentimiz bu yerda ekologlar va o‘rmon xo‘jaligi mutaxassislari bilan suhbatlashdi.

– Biz shu murakkab sharoitda ekish bo‘yicha katta tajriba orttirdik. Bu yerga o‘zim kelishimdan maqsad – endi bu ishlarni ilmiy asoslangan tarzda davom ettiramiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ilmiy izlanishlar qilib, hudud tuprog‘iga mos navlar yaratish, keyingi bosqichda chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Orolbo‘yining flora va faunasini yaxshilash bo‘yicha 5 yillik milliy dastur ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Taxtako‘pir tumanidagi “Beltov” ovul fuqarolar yig‘inida ham bo‘ldi.

Bu yerda mingdan ortiq aholi yashaydi. Tuman markazidan 40 kilometr uzoqda joylashgan hududning ilgari sharoiti og‘ir edi. “Obod qishloq” dasturi asosida qurilish, ta’mirlash ishlari amalga oshirilgach, ovul qiyofasi o‘zgardi.

Fuqarolar yig‘ini idorasi, madaniyat markazi, shifokorlik punkti, maktabgacha ta’lim muassasasi kapital ta’mirlandi. Hammom qurildi. Yangi quvurlar tortilib, ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi. Ko‘chalarga qum-shag‘al aralashmasi va qora qoplama yotqizildi. “Orjap” kanalida piyodalar ko‘prigi qurildi, yo‘laklar, ariqlar tartibga keltirildi. 5 kilometr elektr tarmoqlari yangilanib, transformator o‘rnatildi.

Shavkat Mirziyoyev ovuldagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi. Aholi bilan muloqot qildi.

– Oxirgi yillarda Qoraqalpog‘istonga alohida e’tibor berib, katta kuch va resurslarni jalb etganimiz o‘z natijasini berayapti. Odamlar yo‘limiz to‘g‘riligiga ishondi. Endi yangi marralar qo‘yganmiz. Qoraqalpog‘istonga hamma rahbarlarni olib keldik. Bunaqasi tarixda bo‘lmagan. Ular mablag‘i, jamoasi bilan kelib, aniq loyihalar ishlab chiqayapti. Taxtako‘pirning ham avvalgi mavqeini tiklashimiz zarur, – dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari ayollar turmushini yaxshilash masalasiga alohida to‘xtaldi.

– Yurtimizda ayollar ko‘z yoshi to‘kmaydigan jamiyat qurishimiz kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu yerda hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari bilan ham muloqot bo‘ldi. Ular mahallalardagi muammolarni hal etish, bandlikni ta’minlash borasidagi takliflarini bildirdi.

Prezidentimiz shu yerda jurnalistlar bilan ham suhbatlashdi.

Shavkat Mirziyoyev Shumanay tumanidagi “Shumanay ekoteks” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

2020 yilda ishga tushirilgan ushbu korxona 7 ming tonnadan ziyod ip-kalava tayyorlash quvvatiga ega. O‘tgan yili 51 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, qariyb 5 million dollarlik eksport qilingan.

Shu paytgacha hududdagi eng katta muammo ishsizlik edi. Mazkur korxona aholi, ayniqsa, xotin-qizlarni doimiy ish bilan ta’minlashda muhim rol o‘ynadi. Bu yerda 500 ta ish o‘rni tashkil etilgan.

Davlatimiz rahbari ishlab chiqarish jarayoni va mahsulotlarni ko‘zdan kechirdi, ishchilar bilan suhbatlashdi. Mutasaddilarga korxonada paxtani qayta ishlashning keyingi bosqichlarini o‘zlashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

– Bu ma’qul. Lekin tumanda ishsizlar bo‘lmasligi uchun bunday korxonalar uch-to‘rtta bo‘lishi kerak. Sanoatning boshqa yo‘nalishlarida ham loyihalar topish zarur, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu yerda tumandagi “Bahrom Ilg‘or Klaster” mas’uliyati cheklangan jamiyati haqida ma’lumot berildi. Klasterning 743 gektar yeri lazer orqali tekislangan. Shundan 100 gektarida yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasi joriy etilgan.

– Aholiga daromad manbai yaratish, yalpi ishlab chiqarishni ko‘paytirishga harakat qilayapmiz. Buning uchun nima kerak? Avvalo, suv kerak. Qoraqalpog‘istonda suv va yer hisobi dolzarb. Agar saranjom qilib, iqtisod qilib foydalanilsa, suv yetadi. Buning uchun qishloq xo‘jaligi madaniyatini oshirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish kerak, – dedi Prezident.

Shumanay tumaniga biriktirilgan Xorazm viloyati tadbirkorlarining investitsiya loyihalari taqdimoti ham o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davom etmoqda.

24.02.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar