2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Kambag‘allikni qisqartirish: dastur ijrosi va muammo yechimlari

Kambag‘allikni qisqartirish masalasi bugungi islohotlarning asosini tashkil etadi. Chunki ushbu muammoning hal etilishi mamlakatimiz iqtisodiyoti va xalqimiz farovon hayotini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xo‘sh, kambag‘allikni qisqartirish choralari o‘zi nimalardan iborat? Aholining ehtiyojmand qatlami qanday moliyaviy ko‘maklar vositasida qo‘llab-quvvatlanadi? Davlat dasturlari ijrosini ta’minlashda qanday muammolar mavjud va ularning yechimi nimalarda ko‘rinadi?

Ushbu savollarga javob olish maqsadida Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti xodimi Tursun АҲМЕДОВga murojaat qildik. 

– Mamlakat iqtisodiyoti uchun aholining yashash tarzi va ularning moliyaviy imkoniyatlari muhim hisoblanadi, – dedi T.Ahmedov. – Shu jihatdan qaraganda, har bir davlat, birinchi navbatda, kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘radi, bu yo‘lda xalqaro tajribani o‘rganadi va o‘zining dasturlarini ishlab chiqadi.

Avvallari "kambag‘allik" so‘zi taomilimizda bo‘lmagan. O‘tgan besh yillikda esa kambag‘allikni qisqartirish tendensiyasi bilan bog‘liq qator ishlar amalga oshirilmoqda. Lekin rivojlangan xorijiy davlatlarda birinchi o‘rinda aholining kam ta’minlangan qatlamiga moliyaviy ko‘mak berish chora-tadbirlari ko‘rilgan.

Mamlakatimizda ham bu borada xorijiy tajribalar o‘rganilib, kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan milliy dasturlar ishlab chiqildi. Masalan, 2018 yildan boshlab hududlarda aholini tadbirkorlikka jalb qilish va shu orqali yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida «Har bir oila – tadbirkor» dasturi joriy etildi.

2018-2021 yillarda oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida qariyb bir million oilaga 23,7 trillion so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilgani bu ishlar ko‘lami kengayayotgani va uning natijasi samarali ekanidan dalolat beradi. 2018-2021 yillarda «Yoshlar – kelajagimiz» dasturi hamda boshqa oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 25 ming nafar yoshga berilgan 1,8 trillion so‘m miqdoridagi imtiyozli kreditlar ularning biznes loyihalarini ro‘yobga chiqarish va daromad manbalarini yaratish uchun dastlabki kapital sifatida xizmat qilgan.

Koronakrizis davrida «Temir daftar», «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» kabi manzilli dasturlar aholining kambag‘al qatlamini qo‘llab-quvvatlashda muhim choralar bo‘ldi, deyish mumkin. Xususan, 2021 yil 1 noyabr holatiga, «Ayollar daftari»ga kiritilgan 65,2 ming nafar xotin-qizlarga 973,6 milliard so‘m, «Yoshlar daftari»ga kiritilgan 56,6 ming nafar yoshlarga 1,3 trillion so‘m, «Temir daftar»ga kiritilgan 5,7 ming nafar fuqaroga 94,4 milliard so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar yo‘naltirilgan.

Hukumat qaroriga muvofiq, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lganlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Mehr daftari» joriy qilingani ham bu boradagi tizimli ishlar bilan mushtarakdir. Unga ko‘ra, bolalar ushbu daftarga tuman yoki shahar hokimi qarori asosida kiritiladi va undan 25 yoshga to‘lganda chiqariladi. Bunda daftardan chiqarilayotgan shaxslarning bandligi ta’minlangan va uy-joyi mavjud bo‘lishi shart.

Kambag‘allikni qisqartirish borasida bir mamlakat tajribasini boshqa mamlakatda aynan qo‘llash imkoniyati, ya’ni yagona formulaning mavjud emasligi O‘zbekistonda ham xalqaro tajribani inobatga olgan holda, aholining ehtiyojmand qismini qo‘llab-quvvatlashning o‘ziga xos tizimini yaratishni taqozo etdi. Xususan, dastlab 2018 yildan mamlakatimizda oilaviy tadbirkorlikni tizimli amalga oshirish boshlangan bo‘lsa, ushbu tizim va uni qo‘llash mexanizmlari o‘tgan davr mobaynida amaliyotda yuzaga kelgan kamchiliklar hamda muammolarni bartaraf etish orqali bosqichma-bosqich takomillashtirib borildi.

Davlat dasturlari ijrosi bo‘yicha muammolar bormi? Ha, albatta, bu borada muammolarga duch kelayapmiz. Buni men quyidagi tahlil asosida izohlayman.

Dastlabki bosqichda dastur doirasida kredit mablag‘lari hisobidan faqatgina hududiy komissiyalar tomonidan tasdiqlanadigan ta’minotchilardan mahsulot sotib olish belgilangan edi. Taklif cheklanganligi, raqobatning mavjud emasligi sharoitida talabning oshishi, dasturlar doirasida xarid qilinadigan ayrim tovarlar narxining bozor qiymatidan yuqori sotilishi, sifati pastligi kabi bir qator muammolarni yuzaga keltirdi. Bu, o‘z navbatida, dastur doirasida ajratilayotgan imtiyozli kreditlar samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Ikkinchi bosqichda mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida hududiy komissiyalar tomonidan ta’minotchilarni belgilash amaliyoti bekor qilindi hamda imtiyozli kreditlar tovarlar shartnoma asosida kelishilgan narxda yetkazib berilgandan va loyiha egasi undan qanoatlanish hosil qilganidan so‘ng mahsulot yetkazib beruvchining hisobraqamiga o‘tkazib berilishi belgilandi. Mazkur bosqichda ichki bozorda yuzaga kelgan ortiqcha bosimni kamaytirish maqsadida naslli chorva mollarini faqat ularni import qiluvchi ta’minotchilardan sotib olish tartibi joriy etildi.

Oilaviy tadbirkorlik dasturlari bo‘yicha mahsulot sotib olish, kredit ajratish va undan foydalanishda inson omili, ta’minotchilar o‘rtasida raqobatning pastligi mavjud. Imtiyozli kreditlarning maqsadsiz yoki noo‘rin ishlatilishi kabi muammolarga duch kelayapmiz. Bu kabi muammolar esa dasturning samarali bo‘lishiga salbiy ta’sir etadi. Shundan kelib chiqib, bunday muammolarning saqlanib qolayotganligi dastur samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha muayyan chora-tadbirlarni amalga oshirishni taqozo qildi.

Uchinchi bosqichda asosiy e’tibor oilaviy tadbirkorlik dasturlari bo‘yicha kredit ajratishda banklardagi inson omilini yo‘qotish, shaffoflikni oshirishga qaratildi. Xususan, oilaviy tadbirkorlik dasturlari bo‘yicha «Yagona elektron platforma» (www.oilakredit.uz) joriy etilib, kreditlar bo‘yicha ariza qabul qilish jarayoni to‘liq raqamlashtirildi.

bugungi kunda mazkur platforma samaradorligini yanada oshirish maqsadida kredit arizalarini barcha bosqichlarda onlayn ko‘rib chiqish hamda ajratilgan kreditlar hisobiga tovar va xizmatlarni bozor tamoyillari asosida erkin sotib olish yoki sotish Yagona elektron platformada yaratilgan «marketpleys» tizimi yordamida amalga oshirish imkoniyati yaratildi.

Bu, o‘z navbatida, ta’minotchilar o‘rtasida raqobatni oshirish va imtiyozli kreditlar hisobiga sotib olinadigan tovar va xizmatlar narxini pasaytirish, yetishtirilgan mahsulotlarini respublikaning istalgan hududida sotish imkonini beradi.

Bundan tashqari, imtiyozli kreditlardan yanada samarali foydalanish orqali aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish maqsadida har bir mahallada hokim yordamchisi lavozimi joriy etildi. Hokim yordamchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatayotgan xodim oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kredit, subsidiyalar va boshqa moliyaviy yordamlar ajratish uchun xulosa berish vakolatiga ega.

Kelgusida ushbu tizimni takomillashtirib borib, tadbirkorlikni kreditlash jarayonlari to‘liq bozor asoslariga o‘tiladi. Bunda aniq yo‘nalishlar bo‘yicha ajratilgan kreditlar foizlarining bir qismini davlat tomonidan kompensatsiya qilib berish mexanizmidan foydalanish imkoniyati saqlanib qolinadi. Albatta, bu borada har bir ajratilayotgan kompensatsiyaning maqsadli ishlatilishi va shaffofligini, eng muhimi, samaradorligini oshirish bo‘yicha choralar kuchaytiriladi.

21.02.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar