2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Surxondaryoda to‘rt sektor rahbari deputatlarga hisob berdi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining navbatdagi sessiyasida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan viloyatdagi to‘rtta sektor rahbarilarining 2021 yilda amalga oshirgan ishlari haqidagi hisoboti eshitilib, ma’lumot uchun qabul qilindi.

Videoselektor shaklida o‘tkazilgan sessiyaning markaziy studiyasida viloyatdan saylangan senatorlar, viloyat kengashi deputatlari, viloyatdagi sektor rahbarlari, boshqarma va idoralar boshliqlari, tuman va shahar studiyalarida mahalliy kengashlar doimiy komissiyasi raislari, kotibiyat mudirlari, sektor rahbarlari, tuman, shahar hokimlarining o‘rinbosarlari,  masalaga aloqador tashkilot va muassasalar mutasaddilari ishtirok etdi.

Sessiyada deputatlar dastlab viloyat hokimi, birinchi sektor rahbari To‘ra Bobolovning  sektor hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan o‘tgan yili amalga oshirgan ishlari, erishilgan yutuqlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusi rejalar to‘g‘risidagi hisobotini tingladi. 

Qayd etildiki, viloyatdagi birinchi sektorga biriktirilgan 176 mahalladagi 116 ming 700 dan ortiq xonadonda qariyb 671 ming aholi istiqomat qiladi. O‘tgan yili sektor rahbari aholi bilan 22 marta sayyor qabul o‘tkazdi. Ochiq muloqotlarda 2 ming 708 fuqaro 3 ming 150 ta masalani o‘rtaga tashladi. Ularning 2 ming 114 tasi yoki 70 foizi ijobiy hal etildi. Shuningdek, fuqarolardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelib tushgan 166 ming 133 murojaatning 140 dan ortig‘i yoki 90 foizi qanoatlantirildi. Jumladan, birgina o‘tgan yilning noyabr oyida Boysun tumanidagi olis va chekka Xo‘jaidod, Termiz shahridagi Sahovat, Uzun tumanidagi O‘lanqul, Denov tumanidagi Quyoshli yurt, Qumqo‘rg‘on tumanidagi Yangi yer, Sho‘rchi tumanidagi Bobur nomli mahallalarda ommaviy sayyor qabul o‘tkazilib, ularda ko‘tarilgan ko‘plab masalalar hal etildi. Yechimi muddat talab etadigan masalalar bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi qatiy nazoratga olindi. 

O‘tgan yili sektor hududidagi mahallalar aholisining murojaatlari asosida ta’mirga muxtoj 114 kilometr ichki yo‘l tuproq yo‘ldan tosh yo‘lga aylantirildi. 8 ta mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yangidan ichimlik suv tarmoqlari tortilib, 18 mingdan ortiq aholining toza ichimlik suviga bo‘lgan extiyoji qondirildi. Aholi puntklariga 5 dona yangi elektr transformator o‘rnatildi va 18 tasi ta’mirlanib, xonadonlarga bir maromda elektr energiyasi yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi. 6 kilometr masofadagi elektr tarmoqlari uchun beton va yog‘och ustunlar tortildi. 

–Shuningdek, sektor hududida yashaydigan aholining elektr, gaz, ichimlik suv ta’minotini yaxshilash va boshqa maishiy muammolarni hal etish yuzasidan tizimli ishlar tashkil etildi,–dedi To‘ra Bobolov.– Jumladan, o‘tgan yili  24 ming 400 dan ortiq fuqaro istiqomat qilayotgan 6 ming 120 xonadon foydalanadigan 35 dona eski transformator yangi quvvatlisiga almashtirildi. 41 ta transformator yangidan o‘rnatildi. Aholi ehtiyojidan kelib chiqib, 4 ming 470 dona elektr temir-beton ustun o‘rnatib berildi. 302 kilometr elektr tarmoqlari  qurilib, 944 kilometr elektr tarmog‘i, 225 ta transformator ta’mirlandi. Bu ishlar davom ettirilib, olis va chekka hududlardagi aholi punktlarini ham barqaror elektr energiyasi bilan taminlashga alohida e’tibor berilmoqda. Bularning barchasi inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan ezgu maqsadlarning amaldagi samaralaridir.

Birinchi sektor hududida aholini gaz, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash va boshqa maishiy muammolarini hal etish, bandlik masalasini yechish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar ham aniq misollar asosida tahlil qilib berildi. Tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalarga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilgan ishlar hususida atroflicha fikr yuritilib, 426 nafar oilaviy sharoiti og‘ir fuqaro va ular yaqinlarining davolanishi uchun 2 milliard  910 mln. so‘m, 273 nafar oilaviy sharoiti og‘ir fuqaroning uy sharoitini yaxshilash uchun  qariyb 3 milliard so‘m moddiy yordam berilgani ta’kidlandi.

Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan oilaviy sharoiti og‘ir oilalarning 268 nafar farzandi, shuningdek, chin yetim talabalarning 1 milliard 493 million so‘mlik o‘quv-shartnoma pullari to‘lab berildi. 1 ming 722 nafar oilaviy sharoiti og‘ir fuqaroning bandligini ta’minlash uchun 2 mmilliard 192 million so‘mlik asbob-uskuna, 44 ta oilaga 216 million so‘mlik qoramol, 144 ayolga 227 million so‘mlik tikuv mashinkasi olib berildi.

Sessiyada viloyat prokurori S.Turdiyev, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i A.Ismoilov va viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i E.Nurmanovlarning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi sektorlarda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va galdagi vazifalarga bag‘ishlangan hisobotlari ham eshitildi. 

Sessiyada viloyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid boshqa masalalar ham ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Sessiya ishi Surxondaryo viloyat televideniyesi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilib, ijtimoiy tarmoqlar orqali namoyish etildi.

20.02.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar