
Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani «Oqjar» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Zulfiyaxon Jumaboyeva xonadonida yuzaga kelgan yong‘in oila hayot tarzida kutilmagan ko‘ngilsizliklar kelib chiqishiga sabab bo‘ldi.
E’tiborsizlik tufayli yuzaga kelgan yong‘indan besh xonali uyning tom qismlari, eshik-romlari, uy, ayvon, pol qismlari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, kiyim -kechak, zaxiradagi oziq-ovqat mahsulotlari butunlay yonib ketdi.
Ammo oila a’zolari yolg‘izlanib qolmadi. Tuman hokimligi va mahalla fuqarolar yig‘ini tashabbusi bilan hashar asosida uy-joylarni tiklash, moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatib kelinmoqda. Xususan, bir xonali yangi uy qurib berildi va kerakli oziq-ovqatlar bilan ta’minlandi. «Mahalla» xayriya jamoat fondi tasarrufidagi «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi hisobidan moddiy yordam ko‘rsatilmoqda.
– Mehr, e’tiborning oz yoki ko‘pi bo‘lmaydi, – deydi «Mahalla» xayriya jamoat fondi viloyat boshqaruvi raisi Bahodirjon Yo‘lbarsov. – Shu kunga qadar kutilmagan tabiiy hodisalar tufayli zarar ko‘rgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 600 nafardan ortiq fuqarolar ijtimoiy himoyaga olingan. Bundan tashqari «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi mablag‘lari hisobdan Xalq deputatlari Kengashi qarorlari asosida 66 ming 805 nafar oilaga 32,4 milliard so‘mlik turli ko‘rinishda amaliy yordamlar ko‘rsatildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |