Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Tuman hokimi cho‘l hududini o‘zlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi

Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani hokimi Akmal Ostonov “Cho‘lquvar” massivida joylashgan chekka cho‘l hududda bo‘lib, bu yerda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Hozirgi kunda ushbu cho‘l hududda 8 km uzunlikdagi kanal chiqarish ishlari olib borilib, 2 ta nasos stansiya barpo etildi. Rejalashtirilgan 5 ming gektar maydonning 2 ming gektari o‘zlashtirildi. Bug‘doyzorlar hamda intensiv bog‘lar barpo etish ishlari avjida. 

Barpo etilayotgan mazkur bog‘lar tomchilab sug‘orish texnologiyasi asosida sug‘orilishi uchun mutaxassislar  barcha ishlarni puxta tashkil qilmoqda.

Tuman hokimi uzoq yillardan buyon cho‘l hududidagi mazkur  foydalanishdan chiqqan yerlar unumdorligini o‘rganish, tuproq sho‘rligi hamda sug‘orish suv tarkibini tahlil qilish bo‘yicha malakali tuproqshunos mutaxassislar bilan fikr almashib, mas’ullarga  zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

06.02.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar