Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Prokuror Sayxunoboddagi bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini borib ko‘rdi

Sirdaryo viloyatining 2-sektor hududi hisoblangan Sayxunobod tumanining og‘ir sharoitdagi “Nurli yo‘l” va “Yangi hayot” mahallalarida obodonlashtirish ishlari jadal suratlarda olib borilmoqda.

Sirdaryo viloyati prokurori Shoxrux Aminov ushbu hududlarda bo‘lib, olib borilayotgan ishlar holatini o‘rgandi.

Jumladan, ushbu mahallalarda 34,7 km ichki yo‘llar, 6,7 km ichimlik suvi tarmoqlari, 11 km elektr tarmoqlari, 6 ta transformator punkti, 8 km piyodalar yo‘lagini qurish, 200 dona tungi yoritish chiroqlari, 4 ta yakka tartibdagi uylar, 1 ta maktabgacha ta’lim muassasasini mukammal va joriy ta’mirlash rejalashtirilgan.

Qisqa fursatda, 3,4 km ichki yo‘llar, 1 ta transformator punkti, 4 ta yakka tartibdagi uylar ta’mirlandi, 60 ta simyog‘och yangisiga almashtirilib, 3,3 km. masofaga elektr uzatish tarmoqlari tortildi.

Sektor rahbarlari tomonidan og‘ir sharoitdagi hududlarni obodonlashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani, tadbirkorlik muhitini yaxshilash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq ishlar davom ettirilmoqda.

07.02.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar