2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Xalq qabulxonasi: aholi murojaatlari doimiy e’tiborda

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani Xalq qabulxonasi tomonidan og‘ir hudud toifasiga kiritilgan mahallalarda yashovchi aholining yashash sharoitlari o‘rganildi.

 Sho‘rcha mahalla fuqarolar yig‘ini Yosman qishlog‘i 2021 yilda “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan. Mazkur hududda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida Yosman qishlog‘ida yashovchi Homid Jamolovning oilaviy sharoiti og‘irligi, qizi 2 – guruh nogironi ekanligi aniqlandi. Fuqaroga oilaviy sharoiti inobatga olinib qo‘shimcha uy tomorqasida issiqxona qurib berildi.  Devorlari yangilanib, xonadoniga kirib chiqish uchun darvoza qurib berildi. 


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi Xalq qabulxonasiga joriy yilning shu kunga kuniga qadar 3 ming 98 nafar jismoniy va yuridik shaxslardan 3 ming 492 ta masalaga oid murojaatlar kelib tushgan. Shundan 821 tasi  yuqori tashkilotlarga yuborilgan. 202 tasi Administratsiya nazoratiga o‘tkazilgan.

 30 tasi Xalq qabulxonasiga ko‘rib chiqilgan. 2 ming 645 tasi hududdagi tashkilotlarga yuborilgan. 2 ming 675 tasi Xalq qabulxonasi nazoratidagi murojaatlar hisoblanadi. 
Xalq qabulxonasi nazoratidagi murojaatlarning 93,6 foizi qanoatlantirilgan. Murojaatlarning 1 ming 886 tasi yoki 74,8 foizi ijobiy hal etilgan. 625 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berilgan. 8 ta murojaat uzoq muddatga nazoratga olingan.

 Joriy yil  davomida  Xalq qabulxonasi tumandagi 4 ta sektor rahbarlari bilan hamkorlikda tumandagi 75 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida aholi bilan jami 199 marotaba ommaviy sayyor qabullar o‘tkazgan. Ushbu sayyor qabullarda 3 ming 955 nafar jismoniy va yuridik shaxslar qatnashgan. 646  nafar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 745 ta masalalar yuzasidan murojaatlar yo‘llangan. Ommaviy sayyor qabullarda sektor rahbarlariga yo‘llangan barcha murojaatlar tuman Xalq qabulxonasi virtual tizimiga kiritilishi ta’minlanib, tegishliligi bo‘yicha korxona-tashkilotlarga yuborilgan. 

Ommaviy sayyor qabullarda yo‘llangan  murojaatlarning 598 tasi yoki 80,3  foizi qanoatlantirilgan. 395 tasi yoki 53 foizi ijobiy hal qilingan. 97 tasiga tushuntirish berilib, 7 tasi uzoq muddatli nazortga olingan. 43 ta murojaat  o‘rganish jarayonida.


Joriy yilning o‘tgan davrida amaldagi qonun hujjatlari va tuman Xalq qabulxonasining ish rejasiga muvofiq, murojaatlar  bilan ishlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan shaxslarni javobgarlikka tortish, sektorlarda amalga oshirilayotgan ishlar va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, “Obod qishloq” dasturini amalga oshirish bo‘yicha yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar  bo‘yicha 20 ta ogohlantirish xatlari,  34 ta taqdimnoma va takliflar kiritilgan. Ularga asosan  13 nafar xodimlar ogohlantirilgan. 13 nafar xodimga “hayfsan” intizomiy jazo chorasi, 2 nafar xodimga oylik ish haqidan jarima qo‘llanilgan. 5 nafar xodim lavozimidan ozod etilib, 3 nafariga ma’muriy jazo  qo‘llanilgan. 


– Tuman Xalq qabulxonasiga "Ulug‘bek Shukur ravnaqi" fermer xo‘jaligida ishlaganligim, joriy yilning sentyabr oyidagi paxta pullari 17 kishiga berilmaganligini bildirib murojaat qilgandim, – deydi G‘ijduvon tumani Mazragan MFY, Mazragan qishlog‘ida yashovchi Robiya Rajabova. – Berilmay qolib ketgan paxta pullarimizni fermer xo‘jaligidan undirib berishni so‘rab qilgan murojaatimiz ijobiy hal etildi.  Xalq qabulxonasi mudirining tashabbusi bilan shu kunning o‘zida 17 nafar fuqarolarning paxta pullari to‘liq undirib berildi.  


–Tuman Xalq qabulxonasiga oilaviy sharoiti og‘ir, uy-joyimni qarori yo‘qligi sababli soliq to‘lovlari ko‘p chiqarilganligini  bildirib murojaat qilgandim, – deydi G‘ijduvon tumani Ulfatbibi  MFY, Rostgo‘y qishlog‘ida yashovchi 2-guruh nogironi Erkin G‘aybullayev. – Xalq qabulxonasi mudirining aralashuvi natijasida soliq to‘lovlarimga aniqlik kiritildi. Asossiz qarzdorlik bartaraf qilindi.

30.01.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Иш ҳақи ва унга тенглаштирилган тўловларни ундиришИшонч телефони5 Iyun 202117 Iyun 2021Andijon viloyati

Foydali resurslar