Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Sayyor qabul: aholi prokurordan nimalarni so‘radi?

Sirdaryo viloyati prokuraturasi tomonidan yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish, fuqarolar bandligini ta’minlash, aholi salomatligini yaxshilash, xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida muntazam sayyor qabullar, yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib borilmoqda.

Navbatdagi uchrashuv viloyat prokurorining o‘rinbosari Abduqahhor Mullajonov tomonidan Sardoba tumanida o‘tkazildi.

Qabulda 57 nafar fuqarodan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ushbu murojaatlarning 7 tasi joyida qanoatlantirildi. 2 tasiga huquqiy tushuntirishlar berilib, 9 ta murojaat ijrosi nazoratga olindi.

Jumladan, bir guruh fuqarolarning suyultirilgan gaz ballon bilan ta’minlashda amaliy yordam berish haqidagi murojaatlari joyida ijobiy hal etildi.

Shuningdek, “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi 5 nafar talaba yoshning oliy ta’limni davom ettirishlari uchun kontrakt to‘lovini to‘lash va 5 nafariga haydovchilik guvohnomasi olishlari uchun to‘lov sertifikatlari topshirildi.

Shundan so‘ng, tumanda jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan va muqaddam huquqbuzarlik sodir etganligi uchun profilaktik hisobga olingan yoshlar bilan suhbatlashildi.

27.01.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar