2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Qaysi yo‘nalishda eng ko‘p davlat xizmati ko‘rsatilgani ma’lum qilindi

Davlat xizmatlari markazlarida ko‘rsatilayotgan xizmatlar tez va sifatli amalga oshirilishi aholini birdek xursand qilayotgani ayni haqiqat. Birgina, biznes faoliyatini yuritish istagidagi fuqarolardan o‘ndan ortiq hujjat tayyorlash taqozo etilar edi. Ularning har biri uchun kunlab, kerak bo‘lsa, haftalab vaqt ketardi.

Shunga o‘xshash kundalik ish tushadigan idoralar oldida uzundan-uzun navbatlar, turli sansalorlik va ovoragarchiliklarga chek qo‘yish maqsadida Davlat xizmatlari agentligi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur tizim hozirda aholining uzog‘ini yaqin, mushkuli oson bo‘lishiga ko‘maklashmoqda.

Hozirgi kunda davlat xizmatlari markazlarida ko‘rsatib kelinayotgan xizmatlar soni 160 dan ortdi. Ushbu xizmat turlari DXA tashkil etilgan kundan hozirga qadar qariyb 5 barobarga ko‘paydi. Davlat xizmatlari agentligi Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan yakuniga yetgan 2021 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslarga jami 673 ming 549 ta xizmat ko‘rsatishga erishildi.

E’tiborlisi, o‘tgan davrda davlat xizmatlari markazlariga fuqarolardan eng ko‘p murojaat farzandini maktabgacha ta’lim tashkilotiga navbatga qo‘yish bo‘yicha kelib tushgan. Ya’ni, yil davomida 97 ming 81 marotaba mazkur xizmat turidan foydalanilgan.

Shuningdek, kadastr sohasiga doir – 81 ming 326 ta, elektron raqamli imzo kalitini olishga oid – 42 ming 598 ta, pensiya nafaqasi to‘g‘risida ma’lumot olishda 32 ming 635 ta, fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimiga hisobga olish bo‘yicha 22 ming 585 ta xizmat ko‘rsatilgan.

Keyingi paytlarda ancha ommalashgan xizmat turlaridan biri, eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagisiga almashtirish uchun fuqarolardan 20 ming 11 ta ariza yuborilgan.

– Tadbirkorlik sohasiga doir 24 ming 718 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilgani esa, viloyatda kichik biznes jadal sur’atlarda riqvojlanib borayotganligini anglatadi, – deydi DXA Namangan viloyati boshqarmasi mas’ul xodimi Foziljon Jo‘raboyev. – Davlat xizmatlari markazlari tadbirkorlik sohasini rivojlantirish, yangi bo‘sh ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha hududlarda tushuntirish-targ‘ibot tadbirlarini olib borishi orqali ishbilarmonlar safi kengayishiga ham munosib hissa qo‘shmoqda.

Tuman, shahar markazidan uzoqda joylashgan qishloqlarda davlat xizmatlari markazining 20ga yaqin filiali faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Mazkur filiallarda aholi va tadbirkorlarga 150 ga yaqin xizmat turi ko‘rsatib kelinmoqda. O‘tgan yili mavjud filiallar orqali 8 ming 55 ta xizmat ko‘rsatildi. Shuningdek, yetib borish qiyin bo‘lgan hududlarda fuqarolarga sayyor-xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Bu borada ayniqsa, nogironligi bor, keksa nuroniylarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Tinglash, tushunib yetish va yordam berish. Davlat xizmatlari markazi xodimlari ana shu muhim tamoyillarga doimo amal qilgan xolda o‘z faoliyatini olib bormoqda. Muhimi, har bir qulaylik, eng avvalo xalqimiz, inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan.

 

26.01.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar