2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sirdaryoda 22 ta og‘ir sharoitdagi mahalla obod va ko‘rkam maskanga aylanadi

Xalqni rozi qilish, turmush farovonligini oshirish islohotlarning bosh maqsadidir.

Mamlakatimiz rahbari joriy yil 15 yanvarda o‘tkazilgan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida bergan topshirig‘iga muvofiq Sirdaryo viloyatida og‘ir hudud, deb topilgan 22 ta mahallada obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari amalga oshiriladi.

Mazkur mahallalardagi mavjud qo‘lbola va yaroqsiz elektr ustunlarini almashtirish, aholini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash, ayniqsa, loy ko‘chalarga tosh-shag‘al yotqizish, ijtimoiy soha ob’ektlaridagi muammolarni bartaraf etishga qaratilgan ishlar aholini rozi qilish yo‘lidagi muhim qadamlardandir.

Ishlarni tizimli va namunali olib borish uchun viloyatda ishchi guruh tuzilib, har bir mahalla to‘liq o‘rganib chiqilmoqda.

Shu vaqt oralig‘ida mazkur mahallalarda 40 dan ortiq maxsus texnika yordamida ko‘chalarning qariyb 4 kilometriga tosh-shag‘al yotqizilgan. 6 ta transformator, 100 ga yaqin elektr ustunlari o‘rnatilib, 10 kilometrdan oshiq havo tarmog‘i yangilandi.

Sirdaryo viloyati hokimi, senator G‘ofurjon Mirzayev va viloyat sektor rahbarlari Boyovut tumanidagi "Mirishkor" mahallasida bo‘lib, bu yerda yashovchi aholi muammolarini, ko‘chalar, asosiy muhandislik tarmoqlari, irrigatsiya tarmoqlarining holati, shuningdek, ijtimoiy soha ob’ektlarini ko‘zdan kechirdi.

"Mirishkor" mahallasi 4 ta qishloq aholi punktidan iborat bo‘lib, 3 600 nafardan oshiq aholi istiqomat qiladi. Mahalladagi ichki yo‘llar 21,8 kilometrni tashkil etsa, shundan qariyb 6 kilometr qismi ta’mirtalab. Shuningdek, mahallada ichimlik suvi, elektr energiyasi ta’minotida va ijtimoiy soha ob’ektlarini joriy ta’mirlash, aholining suyultirilgan gazga ehtiyoji ortganligi sababli gaz ballonlar sonini ko‘paytirish kerak.

Mavjud kamchilik va muammolar mutasaddi tashkilot, idoralar mas’ullari tomonidan bartaraf etiladigan bo‘ldi.

Xususan, mahalla hududida texnikalar yordamida 400 metr ariq zovurlari hamda 300 metr yo‘l atrofi tozalandi. Tuman elektr korxonasi xodimlari tomonidan transformator va 250 metr uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari ta’mirlandi, 10 dona yaroqsiz, qo‘l bola simyog‘ochlar yangisiga almashtirildi. Aholiga 161 dona maishiy gaz ballonlari yetkazib berildi. Tibbiyot xodimlari fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi, 20 nafar fuqaro bepul dori-darmonlar bilan ta’minlandi.

Bundan tashqari, mahallada sayyor qabul ko‘rinishida aholi xonadonlariga kirilib, 19 ta davlat xizmatlari ko‘rsatildi, fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi.

Mahalla bo‘yicha jami 3,7 kilometr havo tarmog‘i tortilib, yana yuzta yangi temir-beton ustun va 2 ta qo‘shimcha transformator punkti o‘rnatiladigan bo‘ldi.

– Mahallalarni obod, ko‘rkam maskanlarga aylantirish bilan bir qatorda hududlarda aholi turmush sharoitini har tomonlama yaxshilashga, yangi ish o‘rinlari yaratishga e’tibor berish lozim, – dedi viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev. – Bu yerda bandlikni ta’minlashning asosiy drayveri qilib qishloq xo‘jaligi ekinlari, asosan, kartoshka va mosh yetishtirish hamda chorvachilikni rivojlantirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Shu kuni “Mirishkor” mahallasining yangi binosini qurish uchun tamal toshi qo‘yildi.

Shuningdek, viloyat rahbari mahalla xodimlari uchun idora binosi, hududda yengil tipdagi maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, salomatlik yo‘lagi qurilishi, hududda joylashgan 30-sonli umumta’lim maktabi binosi va ikkita aholi punktini bog‘lovchi, bugungi kunda yaroqsiz holga kelib qolgan ko‘prik rekonstruksiya qilinishini bildirdi.

21.01.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar