Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Viloyat hokimi aholi yashash sharoitlarini xonadonbay o‘rgandi

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov aholini kambag‘allikdan chiqarish va ularning yashash sharoitlarini xonadonbay o‘rganish maqsadida Kosonsoy tumani Navbahor mahallasida bo‘ldi.

Viloyat rahbari mahalladagi Hasan Yunusov hamda Bahrom Yusupov xonadonlari misolida parrandachilikni rivojlantirish imkoniyatlari bilan tanishdi.
Shuningdek, tuman rahbari hududda barpo etilayotgan “Namuna” kichik sanoat zonasining qurilish montaj ishlari bilan tanishdi.


Umumiy maydoni 26,2 gektar bo‘lgan mazkur hududda qiymati 196 milliard so‘mlik 28 ta loyihani ishga tushirish ishlari davom ettirilmoqda. Istiqbolda bu yerda avtomobil sanoati, yog‘och, oziq-ovqat, maishiy, tekstil mahsulotlari va qurilish materiallari ishlab chiqariladi. 1 ming 660 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi.Hududdagi Kosonsoy biolaboratoriyasi – dehqon va bog‘bonlarning doimiy madadkori bo‘lishi kerak. Ishchi guruh laboratoriyada jamg‘arilgan xomashyolar zaxirasi, biolaboratoriya faoliyati, ishlab chiqilgan biomahsulotlar zaxirasi bilan tanishdi.
Viloyat hokimi boshchiligidagi ishchi guruhning navbatdagi manzili markaziy"Agroservis" muqobil mashina traktor parki bo‘ldi.
 

Bu yerda 2022 yilgi paxta mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha ilg‘or natijalarga erishgan mexanizatorlarga sovg‘alar taqdim etildi. Viloyat hokimi, shuningdek, 2-sektorga qarashli Guzar mahallasida ham bo‘ldi. U yerda hokim mahallaning asosiy muammolaridan biri – mahalla idorasi yo‘qligini o‘rgandi.


Hokim yangi mahalla idorasi qurish uchun davlat xususiy sherikchilik asosida mahalla balansidagi binoni tez fursatda qurib, foydalanishga topshirish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatma berdi. Shuningdek, ushbu mahalla ahlini qiynayotgan ichimlik suvi muammosi ham hal etiladigan bo‘ldi.

18.01.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar