2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Yangi uy-joylar qurilishi davom etmoqda

Buxoro viloyati Kogon tumanining ma’muriy markaziga aylantirilayotgan “Suxor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 2021 yilda 21 milliard 105 million so‘m evaziga 6 ta, jami 140 ta xonadonga mo‘ljallangan 5 ta ko‘p qavatli uy-joy barpo etildi.

Joriy yilda xuddi shu hududda yangi loyihalar asosida yana 23 milliard 220 million so‘mlik 6 ta zamonaviy turar joy, ikki va uch xonali, energiya tejamkor 5 qavatli uy-joy qurilishi boshlangan. Quvonarlisi, bu loyiha tufayli hududdagi 180 ta xonadon uyli bo‘ladi.

– Suxor mahallasida jami 60 ta xonadonga mo‘ljallangan 3 dahlizli 5 qavatli zamonaviy turar joy qurilmoqda, – deydi “Parvoz kamfort” MCHJ qurilish tashkiloti rahbari O‘ktam Ramazonov. — Aytish joizki, 20 yil muddatga ipoteka krediti asosida, uy narxining 10 foizi boshlang‘ich to‘lov badali asosida rasmiylashtirib berilayotgan turar joy binosida suv, tabiiy gaz, elektr energiyasi kabi tarmoqlar montajini boshlaganmiz. Hademay, o‘z egalariga topshiriladigan bu uyda 10 ta ikki xonali, 20 ta uch xonali, 30 ta bir xonali kvartiralar foydalanishga topshiriladi. 

Kogon tumani “Beklar” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida bo‘sh yotgan 50 gektar yer maydonida ham 10 ta 5 qavatli, har biri 20 ta xonadondan iborat energiya tejamkor, zamonaviy uy-joy qurilishi boshlanadi. Bu yerda maktabgacha ta’lim muassasasi, zamonaviy umumta’lim maktabi hamda oilaviy shifokorlik punkti qurilishi ham rejalashtirilgan.  

17.01.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar