Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Ular endi yetim emas...

Buxoro shahridagi 32-Mehribonlik uyi faoliyati tugatilib, 83 nafar bolalar Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan 9 ta "Oilaviy bolalar uyi" ga berilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro shahridagi Xalq qabulxonasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida oilaviy bolalar uylarida tarbiyalanayotganlar holidan xabar olindi.  

Mehribonlik uyining 6 nafar tarbiyalanuvchisini dastlab tadbirkor Vahob Behbudov hamda Nargiza Sa’dullayevalar oilasi olgan edi. Oilaviy shifokorlar Hakim Jurayev va Zarnigor Sadirovalar ham 6 nafar bolaga ota-ona bo‘lganidan mamnun. 

Jo‘rayevlar oilasi uch farzandi bilan birga asrab olgan 6 nafar bolani oq yuvib, oq tarab voyaga yetkazmoqda. 2-Bolalar va o‘smirlar sport maktabi murabbiyi Sobir Ochilov hamda Buxoro shahridagi 10-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari Feruza Husanovalarning oilasida ham 7 nafar bola tarbiyalanmoqda. Hozirda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan Mehriddin Mattiyev va uy bekasi Nilufar Rajabovalar oilasi 7 nafar bolani farzandlikka olgan. 

Mutasaddilar oilaviy bolalar uylarida tarbiyalanayotgan bolalar bilan suhbatlashdi. Qishki ta’til davrida nimalar bilan bandliklari o‘rganildi. Ularga sovg‘a-salomlar ulashildi. Shuningdek, mutasaddilar  “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyida tarbiyalanayotgan bolajonlar  holidan ham xabar oldi.  

Ayni kunda bu muassasada davlat ijtimoiy muhofazasiga olingan bolalar soni 270 nafarni tashkil qiladi. Ularga 14 nafar tor doiradagi shifokor, 32 nafar o‘rta tibbiyot xodimi, qolaversa, 92 nafar tarbiyachi xizmat ko‘rsatmoqda. 

Internat uyida tashkil etilgan tomoshalar, baxtli bolalik, go‘zal diyorimiz madh etilgan qo‘shiqlar, sho‘x kuylar bolalarga bir olam zavq bag‘ishladi. Bayram tadbiri so‘ngida, internatda tarbiyalanayotgan bolalarga sovg‘alar ulashildi. 

08.01.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar