Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Namanganda Davlat xizmatlari markazi filiallari 17 taga yetdi

Yangi yil bayrami munosabati bilan Namangan viloyatining Kosonsoy va Chust tumanida Davlat xizmatlari markazining filiallari ish boshladi.

Davlat xizmatlari agentligi tomonidan fuqarolarning uzog‘ini yaqin, mushkulini oson qilish yo‘lida tuman, shahar markazidan olis manzillarda joylashgan hududlarda Davlat xizmatlari markazi (DXM) filiallari tashkil qilinib, aholiga yanada qulayliklar yaratilmoqda. Natijada esa viloyatning deyarli barcha tumanlarida filiallar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Kosonsoy tumanidagi “Chindovul” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun 12 kilometr yo‘l bosib, tuman markaziga borishiga majbur bo‘lardi. Bu kabi ortiqcha qiyinchilik va ovoragarchiliklarning oldini olish, ayniqsa qishning sovug‘i va yozning jaziramasida yo‘l bosib qiynalgan aholiga qulaylik yaratish maqsadida DXM filiali mahallada ish boshladi.

Endilikda, nafaqat chindovulliklar balki, Uchqo‘rg‘on, Uzunqishloq, Iftixor, Soy Bo‘yi, Guzar, Bog‘ va yana oltita mahallada istiqomat qiluvchi  50 mingga yaqin aholi o‘ziga yaqin bo‘lgan hududda xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Chust tumanidagi Karkidon qishlog‘i tuman markazidan ancha uzoqda joylashgan. Qishloq ahli dehqonchilik va chorvachilikka mehr qo‘ygan. Uy yumushlaridan ortib, tuman Davlat xizmatlari markaziga borishga vaqt topa olmayotgan fuqarolar uchun o‘z hududida yangi ochilgan filial ayni muddao bo‘ldi. Endilikda, nafaqat Karkidon, balki unga yondosh bo‘lgan mahalla ahli ham davlat xizmatlariga ehtiyoj sezsa, shundoqqina mahalla guzarida ish boshlagan filialga bemalol murojaat qilishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunga kelib, Namangan viloyati shahar va tumanlarining chekka hududlarida tashkil etilgan Davlat xizmatlari markazi filiallari soni 17 taga yetkazildi.

06.01.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar