Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Oltiariqda 48 ta ehtiyojmand oila uyli va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 53 nafar yigit-qiz ishli bo‘ldi

Yangi yil bayrami arafasida Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani “Fayziobod” mahalla fuqarolar yig‘inida kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qurib berilgan uylar foydalanishga topshirildi.

Bir paytlar qarovsiz yotgan 4 qavatli binoda homiylar ko‘magi hamda byudjet mablag‘lari hisobidan 48 ta xonadonli ko‘rkam uy-joy bunyod etilib, oilalarga to‘lovlarsiz berildi.

Tadbirda ishtirok etgan Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov barchani Yangi yil bayrami bilan tabrikladi. Ayniqsa, yangi uy-joylarga ko‘chib chiqayotganlar uchun qo‘shaloq shodiyona bo‘lganiga e’tibor qaratdi. Bu uy-joylarda xalqqa xizmat qiladigan, vatanparvar o‘g‘il-qizlar kamol topishiga tilak bildirdi. 

Shundan so‘ng tumandagi “Yoshlar” daftariga kiritilgan 53 nafar yigit-qizlarga o‘z-o‘zini band qilishi va daromad manbalariga ega bo‘lishlari uchun inkubator apparatlari, motokultivator, pishiriqlar uchun pechlar, tikuv mashinalari topshirildi.

28.12.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar