2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Taʼlim muassasalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik qanday?

Jizzax viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi tasarrufidagi taʼlim muassasalarini 2018-2019 yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash boʻyicha ishlab chiqilgan tadbirlar rejasiga muvofiq, mahalliy byudjet hisobidan 2,6 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirilmoqda.

Viloyatda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik tadbirlari rejasini ishlab chiqish oldidan xalq taʼlimi tizimidagi barcha 542 ta maktab, jumladan,4 ta maxsus maktab va 2 ta maktab-internati, 1 ta Mehribonlik uyi, 14 ta “Barkamol avlod” bolalar markazi holati toʻliq oʻrganib chiqildi. Shunga muvofiq, bajariladigan ishlar aniq hisob-kitob qilingan. 

Viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlangan tadbirlar rejasi asosida 27 ta maktabda joriy taʼmirlash ishlari bajarildi. Muassasalardagi isitish tizimlari bilan bogʻliq kamchiliklar bartaraf etilib, binolarning 1 ming 208 kvadrat metr tomi taʼmirlandi, 559 kvadrat metr singan oynalar yangilandi. 

Bundan tashqari, joriy yilda investitsiya dasturi boʻyicha 22 ta maktabda 24,3 milliard soʻmlik rekonstruksiya va mukammal taʼmirlash ishlari amalga oshirilishi belgilangan edi. Ushbu dasturga kiritilgan maktablarning 18 tasida rekonstruksiya va 4 tasida mukammal taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. 

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida “Obod qishloq” dasturiga kirgan hududlardagi taʼlim muassasalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Dastur amalga oshirilayotgan qishloqlardagi jami 18 ta taʼlim muassasasida qurilish, rekonstruksiya va joriy taʼmirlish ishlari toʻliq bajarildi. 

– Maktabimiz koʻp yillar tuzukroq taʼmirlanmagani sababli qishda jiddiy qiyinchiliklar yuz berayotgan edi, – deydi Doʻstlik tumani Manas qishlogʻidagi 5-umumtaʼlim maktabi direktori Xolboʻta Mingjigitov. – “Obod qishloq” dasturi doirasida maktabimizda 250 million soʻmlik taʼmirlash, jihozlash ishlari amalga oshirildi. Maktab binosining tomi toʻliq qaytayopildi. Isitish tizimi yangilandi. Xonalarning poli parketga, eshik-romlar zamonaviylariga almashtirildi. 

Tabiiy gaz yetib bormagan hududlardagi 329 ta taʼlim muassasasini isitish mavsumi uchun yetarli yoqilgʻi bilan taʼminlash boʻyicha barcha zarur chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Xususan, Yangiobod, Zomin, Forish, Baxmal, Gʻallaorol tumanlari qishloqlaridagi tabiiy gaz bilan taʼminlanmagan maktablarga zarur miqdorda koʻmir yetkazib berish uchun mahalliy byudjetdan 2,3 milliard soʻm ajratilgan. Hozirgacha ushbu yoqilgʻining asosiy qismi muassasalarga yetkazildi. 

– Taʼlim muassasalarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash boʻyicha viloyat xokimligi tomonidan tasdiqlangan tadbirlar rejasiga muvofiq, hududiy ishlab chiqaruvchilar, quruvchi tashkilotlar zimmalariga yuklatilgan ishlarni toʻliq bajarmoqda, – deydi viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Gʻayrat Qodirov. – Rejaga asosan 28 ta taʼlim muassasasidagi 90 ta isitish qozonini zamonaviy, energiyatejamkor qozonlarga almashtirish uchun mahalliy byudjetdan 414 million soʻm mablagʻ ajratildi. Taʼlim muassasalariga bunday uskunalarni yetkazib berish “Energiya tejash milliy kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati zimmasiga yuklatilgan. Biroq, boshqarma tomonidan bir necha bormurojaat qilinishiga qaramasdan, aksiyadorlik jamiyati isitish qozonlari bilan taʼminlashni paysalga solayotir. 

Qozonlarni almashtirishdan maqsad – energiya sarfini kamaytirish,yaʼnibyudjet mablagʻini tejash. Prezidentimizning 2017-yil 23-avgustdagi“Zamonaviy energiya samarador va energiya tejaydigan texnologiyalarni yanada joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, “Energiya tejash milliy kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati davlat organlari va tashkilotlarida energiya samarador va tejamkor texnologiyalarni joriy etish boʻyicha tovarlarni yetkazib beruvchi yagona tashkilot etib belgilangan. Biroq, isitish qozonlarini almashtirish kechikayotgani maktablarni jiddiy tashvishga solayotir. Shuning uchun xalq taʼlimi boʻlimlari isitish qozonlarini erkin savdo orqali xarid qilish choralarini koʻrmoqda. Shu maqsadda xalq taʼlimi boʻlimlari tomonidan elektron savdolar uchun eʼlonlar berildi. 

Viloyatdagi mutasaddi idoralar mutaxassislari, deputatlar, jamoatchilik vakillaridan iborat maxsus ishchi guruh xalqtaʼlimimuassasalarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash yuzasidan belgilangan chora-tadbirlar oʻz vaqtida amalga oshirilishini doimiy monitoring qilib bormoqda. Monitoring natijalari ishchi guruhning mahalliy hokimliklar va tegishli rahbarlar ishtirokidagi yigʻilishida muhokama qilinib, yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar bartaraf etilmoqda. 
 

Toshqul Beknazarov, OʻzA

06.10.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar