2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Xalq qabulxonasi: murojaat, muammo va yechim

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro shahridagi Xalq qabulxonasiga joriy yilning o‘tgan davrida jismoniy va yuridik shaxslardan 2 ming 162 ta murojaat kelib tushgan.

– Kelib tushgan murojaatlar 926 tasi yuqori tashkilotga yuborilgan bo‘lsa, 1 ming 345 tasining ijrosi ta’minlangan. Qanoatlantirilgan murojaatlar 1 ming 245 ta yoki 92,7 foizni tashkil qilmoqda, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro shahridagi Xalq qabulxonasi mudiri Azamat Bekmurodov. 

– Jumladan, Buxoro shahar "Otbozor" MFY "Marg‘osim" ko‘chasi 98-uyda yashovchi fuqaro Saida Urazovaning uy kadastr hujjati, FIB tumanlararo sudining unga nisbatan kadastr hujjatlarini tiklash rad qilingan bo‘lsada, Qabulxona xodimlarining aralashuvi natijasida arxiv xujjatlaridan izlab topildi. Fuqaro Saida Urazovaning uyga bo‘lgan huquqi qayta tiklandi.

Xalq qabulxonasi xodimlarining aralashuvi natijasida fuqaro Umida Akramovaning 987 ming so‘mlik, fuqaro Saodat Mo‘minovaning 2 million 132 ming so‘mlik va yana shunga o‘xshash 264 nafar fuqarolarning joriy yil boshidan hisoblangan 205 million so‘mlik asossiz tabiiy gazdan hisoblangan qarzdorliklari bekor qilindi.

–“ADB NEXT ” korxonasida ishlayman, – deydi Buxoro shahrida yashovchi fuqaro Nigora Avezova. – Ushbu korxona tomonidan ishlagan oylarim uchun ish haqi pullarim to‘lanmagan edi. Bu borada shahar Xalq qabulxonasiga murojaat qildim. Murojatim ijobiy hal qilindi.

–Xuddi shunday ariza bilan Buxoro shahar Piridastgir ko‘chasi 7/8 uy 76 xonadonda yashovchi fuqaro Muxayyo Tashova hamda bir guruh xotin-qizlar murojaat qilgan, – deydi qabulxona mutaxassisi Mirjon Toshev. 

– Qabulxona mutaxassislarining aralashuvi natijasida fuqarolarning ish haqi to‘lanib berildi.

Joriy yilning o‘tgan davrida Buxoro shahar Xalq qabulxonasi tomonidan korxona va tashkilotlarga jami 29 ta takdimnoma kiritilgan. Natijada 2 nafar mas’ul xodimlar vazifasidan ozod etilgan. 4 nafar mas’ullarga “Hayfsan” intizomiy chorasi qo‘llanilib, 15 nafar xodimlar rasman ogohlantirilgan.

14.12.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar