2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Xalq qabulxonasi: murojaat, muammo va yechim

Prezidentimizning Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi Xalq qabulxonasiga joriy yilning 11 oyi davomida 1 ming 471 ta murojaat kelib tushgan. 1 ming 87 tasi ya’ni 83 foizi ijobiy hal etilgan. 185 tasiga huquqiy maslahat, 1 tasiga tushuntirish berilgan. 1 ta murojaat tugatilgan. 30 ta murojaat o‘rganish jarayonida.

– Kelib tushgan murojaatlar sohalar kesimida tahlil qilinganda, asosan bank kreditlari, ish bilan ta’minlash, sog‘liqni saqlash, moddiy yordam, uy-joy bilan ta’minlash va shaxsiy uyini ta’mirlash, ichimlik suvi, yilning qish faslini inobatga olgan holda tabiiy gaz va elektr energiya ta’minoti masalalarini tashkil etadi, – deydi Shofirkon tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Furqat Hafizov. 

– Qish mavsumi kirib kelishi bilan tabiiy gaz va gaz ballonlari hamda elektr energiyaga ehtiyoj ortishi bilan ushbu masalalarda ko‘plab murojaatlar kelib tushishi tabiiy hol. Joriy yilning o‘tgan davrida tuman aholisi tomonidan elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘lik masalalar bo‘yicha 154 ta, tabiiy gaz masalasida 187 ta murojaat qayd etilgan. Shundan joriy yilning 4 choragi boshidan elektr energiyasi masalasida 26 ta va tabiiy gaz masalasida 73 ta murojaat qayd etilib, ijrosi nazoratga olingan . Tabiiy va suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlanish yuzasidan aholi tomonidan qilingan murojaatlar Shofirkon tumanidagi Xalq qabulxonasi aralashuvi bilan ijobiy hal etilgan.

Tumanning Sultonobod MFY Sug‘ut qishlog‘ida yashovchi fuqaro Gulhayo Bekova, Temirchi MFY Boylar qishlog‘ida yashovchi fuqaro Sohiba Ikromova, Temirchi MFY Qo‘shrabot qishlog‘ida yashovchi fuqaro Ne’mat Xolov va boshqalar maishiy gaz ballon olishda muammolarga uchrayotganini aytib, gaz ballon bilan ta’minlanishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan. Fuqarolarning murojaati ijobiy hal etilib, ularga maishiy gaz balon rasmiylashtirib berilgan. Shuningdek, tuman Xalq qabulxonasi tomonidan murojaatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan muammolar yuzasidan tahlillar va sektorlar faoliyati bo‘yicha monitoringlar o‘tkazilinmoqda.

– O‘rganishlar davomida murojaatlarni ko‘rib chiqilishida ayrim tashkilot xodimlarining mas’uliyatsizligi natijasida kelib tushgan murojaatlarning qonunda belgilangan muddatidan kechiktirish holatlari ham kuzatilmoqda, – deydi Shofirkon tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Furqat Hafizov. – Murojaatlar bilan ishlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan shaxslarni javobgarlikka tortish, o‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va tahlillar yuzasidan 11 oy davomida 18 ta ogohlantirish xatlari, 45 ta taqdimnoma va takliflar kiritilgan. Kiritilgan hujjatlar asosida 3 nafar xodimlar ogohlantirilgan. 6 nafar xodimga «hayfsan» intizomiy jazosi qo‘llanilgan. Bundan tashqari oilalarni o‘rganish, moddiy yordam berish, daftarlarga kiritish, o‘zini o‘zi ish bilan band qilib, oilaviy daromadga ega bo‘lish maqsadida imtiyozli kredit rasmiylashtirish, keksalarning tibbiy holatini o‘rganish dori-darmonlar bilan ta’minlash maqsadida tuman sektor rahbarlariga 29 ta takliflar kiritilgan. Sektorlar tomonidan ushbu takliflar asosida ijobiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

10.12.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar