Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Sudyalar onlayn qabul o‘tkazdi

So‘nggi paytlarda sudlarga murojaatlar ko‘paymoqda. Bu esa mamlakatimizda odil sudlovni ta’minlash, fuqarolarning haq-huquqlari sudlarda munosib himoya qilinayotganidan, shuningdek, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati yuksalayotganidan dalolatdir.

Navoiy viloyat sudi raisi o‘rinbosarlari tomonidan Zarafshon shahri, Nurota, Tomdi va Uchquduq tumanlari aholisiga qulaylik yaratish hamda ularning sarson bo‘lishining oldini olish maqsadida navbatdagi onlayn qabul o‘tkazildi.

Unda sud-huquq sohasiga oid masalalar yuzasidan 29 nafar jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etdi.

– Onlayn qabulda 17 nafar fuqaro murojaati qanoatlantirildi, 2 nafar fuqaroga huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishi tushuntirilgan bo‘lsa, 10 nafar fuqaroning arizasi sudda tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi, – deydi viloyat sudi bosh konsultanti Aziza Ro‘ziyeva. – Shuningdek, jazo muddatini o‘tayotgan, jazoni o‘tash davrida ichki tartib qoidalarga to‘liq rioya qilgan, intizomiy jazolarga tortilmagan, ijobiy tavsifnomaga ega, mehnatga halol munosabatda bo‘lgan 4 nafar mahkumga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 73-moddasiga asosan jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etish hamda 9 nafar mahkumga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 74-moddasiga asosan jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish yuzasidan kiritilgan taqdimnomalar qanoatlantirildi.

01.12.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar